Fargʻoniy mahallasi
Qiyofa
Fargʻoniy mahallasi(Yoʻldosh-6 mavzesi) — Sergeli tumanidagi mahalla. „Yoʻldosh“, „Yorqin hayot“ mahallalari bilan chegaradosh. 1966 yil tashkil topgan. Shu yildan „Yoʻldosh“ nomi bilan atalgan. 1998 yil mahalla hududi ikkiga boʻlinib, „Al-Fargʻoniy“ mahallasi tashkil etilgan. Aholisi 8150 kishidan iborat boʻlib, ruslar koʻpchilikni tashkil etadi. Mahalla 1966 yildagi zilziladan soʻng qurilganligi sababli uning hududidagi uylar rossiyalik quruvchilar uchun berilgan, Mahalla hududida tuman boʻlimlari, kasalxona, 2 ta maktab, kasb-hunar kolleji mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.