Kontent qismiga oʻtish

Farhod (shaftoli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"FARHOD" — kechpishar shaftoli navi. R.R.Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Samarqand filialida geografik uzoq Elberta va kechki Norunji navlarini chatishtirib yaratilgan (A.S.Cherevatenko). Daraxti 5–6 m, shox-shabbasi keng piramidasimon. Bargi yirik, guli pushti. Oʻzidan changlanadi. Koʻchati oʻtqazilgach, 3 yilda hosilga kiradi. Mevasi sentabr 1-yarmida pishadi, yirik (150—170 g), dumaloq tuxumsimon, tukli, zargʻaldoq. Tarkibida 10—1 qand, 0,68% kislota bor. Poʻsti oson archiladi. Eti mayin, sariq, danak atrofi qizgʻish, shirin va sal nordon, mazasi yaxshi. Danagi etidan yaxshi ajraladi. Hosilga kirgan daraxti 50– 70 kg meva beradi. Yangiligida yeyiladi, qoqi va konserva qilinadi. 1959-yildan davlat reyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi.