Kontent qismiga oʻtish

Farida Akbarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farida Akbarova
Tavalludi 12-fevral 1960-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Shifokor
Mukofotlari Salomatlik ordeni

Farida Shorahimovna Akbarova — (1960-yil, 12-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi „Bo‘ston sanatoriysi“ mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farida Akbarova 1960-yil 12-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. U 1982-yil Toshkent pediatriya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983—1987-yillar Toshkent shahar 6-sonli bolalar shifoxonasi shifokori, boʻlim ordinator shifokori kabi lavozimlarda boshlagan. Farida Akbarova 1987—1992-yillar Toshkent shahar markaziy shifoxona bolalar boʻlimi pediatr shifokori, 1992—1993-yillar Toshkent shahar sog’liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻlim boshligʻi, 1994—1995-yillar Toshkent shahar tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi oʻsmirlarning sihat-salomatligini saqlash boʻyicha muovini, 1995—1997-yillar Toshkent shahar Yashnaobod 8-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, 1997—2000-yillar Toshkent shahar 2-shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, 2000—2005-yillar Toshkent shahar Shayxontohur tuman hokimi oʻrinbosari, 2005—2007-yillar Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi oʻrinbosari, 2007—2008-yillar Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi raisi, 2008—2011-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi raisi, 2011-yildan buyon Toshkent viloyati Qibray tumani „Boʻston“ MCHJ direktori[1] kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Farida Akbarova faoliyati davomida bolalar va oʻsmirlar xotin-qizlar hayotiga doir ishtimoiy masalalar bilan shugʻullanib kelmoqda. U ayollar uchun „Ayol va sport“ komissiyasini, „Onalar kuylaganda“ loyihasi asosida Respublika koʻrik-tanlovi, „Qoʻli guldir Oʻzbek ayolin“ koʻrgazma-savdo loyihasini, „Doʻppi tikdim ipaklari tillodan“ loyihasi, „Oila- muqaddas Vatan“ yosh oila quruvchilar maktabi, „Rahbar ayollar klubi“ kabi loyihalarga rahbarlik qilgan.

Farida Akbarova 2020-yilda II darajali „Salomatlik“ ordeni bilan mukofotlangan[2].

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. Tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat)