Farmon Toshev
Farmon Toshev Is’hoqovich 1954-yil 6-aprelda Samarqand viloyati Paxtachi tumani Qarnobota qishlog‘ida tug‘ilgan.[1] Shoir, nosir, jamoat va davlat arbobi, senator.
“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi.
Ilmiy darajasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumoti oliy. 1975-yilda Samarqand Davlat universitetini o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975—1976-yillarda “Zarafshon» gazetasida muxbir.
1976—1981-yillarda “Paxtachi” gazetasining muxbiri, bo‘lim mudiri, muharrir o‘rinbosari.
1981—1982-yillarda Samarqand viloyat teleradio qo‘mitasining katta muharriri.
1982—1984-yillarda “Zarafshon” gazetasining muxbiri, targ‘ibot bo‘limining mudiri.
1988—1990-yillarda “Zarafshon” gazetasi muharirrining o‘rinbosari.
1990—1996-yillarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri.
1996—1997-yillarda “Inson va qonun” gazetasining muxbiri hamda “Registon” gazetasining muharriri.
1997—1998-yillarda “Ko‘ksaroy” gazetasining muharirri.
1998—2012-yillar “Zarafshon” gazetasining bosh muharriri.
2012-yildan bugungi kungacha “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri.
2014—2023-yillar O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Samarqand viyolat bo‘limi rahbari.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]«Qarnabcho‘l qo‘shig‘i» (ijodkorning birinchi kitobi 1994-yilda nashr etilgan)
«Onang tirik, bolam», (1995)
«Men yomg‘irli kunda kelaman», (1998)
«Qarnabota armoni», (2003)
«Jurnalistning noni qattiq», (2004)
«Otamning saboqlari», (2006)
«Umrning o‘rtasi», (2006)
«O‘zimdek yashashni istayman», (2006)
«Bedavo ko‘ngil», (2009)
«Sog‘inch», (2011)
“Ayollar nima deydi” (2011, hajviy she’rlar)
«Omonat», (2015)
«Ko‘ngil bilan suhbat» (2015) singari turli janrlardagi kitoblari nashr etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Mehnat shuhrati” ordeni (2003)
“El-yurt hurmati” ordeni (2013)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni[2] (2022)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Bugun Paxtachi farzandi Farmon Toshev tavallud kuni“ (2022-yil 4-iyun). 2023-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18/10/2023.
- ↑ „uza.uz“ (2022-yil 27-iyul). 2023-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-oktyabr.