Farnak I
Qiyofa
Farnak I (miloddan avvalgi 169) — Pont podsholigi shohi (taxminan 185—169). Qora dengizning janubiy sohillaridagi katta hududni Pontga qoʻshib olgan, xususan, 183—179 yillarda yunon shaharlari: Sinopa, Amisos, Armena, Kitoros, Kotior, Kerasunt, Trapezunt va boshqa, shuningdek, Pont togʻlaridagi konlarni bosib olgan. 183-yil podsholik poytaxtini Amasiyadan Sinopaga koʻchirgan. Qora dengizning janubiy sohilida Farnakiya shahar-qalʼasini bunyod etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |