Kontent qismiga oʻtish

Farovonlik qoʻriqchisi operatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasi
Asosiy nizolar: Isroil–Hamas urushi
Yamandagi fuqarolar urushi


„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasining xaritasi
Sanalar 2024-yil 12-yanvardan — hozirgacha
(1 yil, 5 kun)
Urush yeri Qizil dengiz va unga tutash hududlar
Sabab Husiylarning Isroil–Hamas urushiga aralashuvi
Holati davom etmoqda
Raqiblar
AQSH bayrogʻi AQSh

Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Bahrayn bayrogʻi Bahrayn
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Daniya bayrogʻi Daniya
Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Italiya bayrogʻi Italiya
Kanada bayrogʻi Kanada
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
Seyshell orollari bayrogʻi Seyshell orollari
Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka
Qoʻllab-quvvatlovchilar:[1] BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni

Yaman Oliy siyosiy majlisi

Qoʻllab-quvvatlovchi
Eron bayrogʻi Eron [2]

Qoʻmondonlar
Qoʻshma Shtatlar Lloyd Austin Abdulmalik al Husiy
Yoʻqotishlar
nomaʼlum Husiylar bergan maʼlumotlarga koʻra:

5 kishi oʻldirilgan
6 kishi jarohatlangan[3]

„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasi (inglizcha: Operation Prosperity Guardian) — AQSh mudofaa vaziri Lloyd Austin tomonidan xalqaro yuk tashuvchi kemalarni himoya qilish maqsadida Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻida 2023-yil 18-dekabrda eʼlon qilingan hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan boshlab yuborilgan harbiy operatsiya[4][5][6][7][8]. Koalitsiyaning ilk tarkibiga AQSH, Birlashgan Qirollik, Kanada, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Bahrayn va Seyshell orollari kirgan[9][10]. Keyinchalik unga Gretsiya[11], Avstraliya[12] hamda Shri Lanka[13] ham qoʻshilgan. Pentagon bergan maʼlumotga koʻra, navigatsiya erkinligini taʼminlash maqsadida 20 ta davlat ushbu operatsiyada qatnashishga rozi boʻlgan[14][15].

Kelib chiqish sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 19-noyabrda Yaman husiylari, ularning fikricha, Isroilga boruvchi va Isroildan keluvchi tijoriy kemalarga hujum qilishlarini eʼlon qildilar[16]. Kemalarga qilingan doimiy hujumlar va asirga olishlar navigatsion kompaniyalarning Qizil dengiz orqali suzishni toʻxtatishiga va kemada tashiluvchi yuklar uchun sugʻurta narxining koʻtarilishiga olib keldi[17][18]. Operatsiya eʼlon qilinishidan bir necha kun oldin u haqida ommaviy axborot vositalari xabar topdi[19][20][21].

Tomonlarning kuchlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh harbiy dengiz kuchlari koalitsiya tarkibiga oʻzining USS Dwight Eisenhower aviatashuvchisi (48 ta F/A-18 qiruvchi-bombardirovkachi samolyotga ega), USS Philippine Sea[en], USS Gravely, USS Stethem, USS Carney, USS Mason и USS Laboon esminetslaridan iborat harbiy kemalar guruhi bilan qoʻshilgan[22].

Buyuk Britaniya Qizil dengizga Diamond esminetsini yuborgan[23][24].

Gretsiya koalitsiya kuchlari tarkibiga Hydra[en] yoki bir tipdagi Psara[en] fregatini yuborishni rejalagan[25].

29-dekabr kuni Daniya koalitsiya kuchlariga oʻzining Esbern Snare[en] fregatini qoʻshishini maʼlum qildi[26].

Kanada, Niderlandiya va Norvegiya Qizil degizga faqat shtab ofitserlari guruhini yoʻllash bilan chegaralandi[27].

Avstraliya esa operatsiya shtab-kvartirasiga 11 nafar harbiy xizmatchini yuborishini maʼlum qildi[12].

Seyshell orollari esa maʼlumot almashinish bilan chegaralanadigan boʻldi[28].

Voqealar rivoji

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 18-dekabrida AQSh mudofaa vaziri Birlashgan dengiz kuchlarining operativ qoʻmondonligi tomonidan xalqaro dengiz savdo aloqalarini Eron qoʻllovida boʻlgan husiylar hujumidan himoya qilish maqsadida „Farovonlik qoʻriqchisi“ deb nomlangan operatsiyaning boshlanganini maʼlum qildi[29].

2023-yilning 18–23-dekabr kunlari husiylar dron va ballistik raketalar bilan Qizil dengizni kechib oʻtayotgan 5 ta kemaga hujum uyushtirdilar[30][31].

2023-yil 31-dekabr kuni AQSh harbiy vertolyotlari Qizil dengizda Maersk Line kompaniyasining konteyner tashuvchi kemasiga hujum qilgan husiylarga tegishli 3 ta katerni choʻktirib yubordi[32][33].

2024-yilning 3-yanvarida AQSh va uning ittifoqdoshlari husiylarga navigatsiya erkinligini buzuvchi harakatlarni toʻxtatish boʻyicha ultimatum qoʻyishdi[34].

2024-yilning 9-dan 10-yanvarga oʻtar kechasi Buyuk Britaniyaning eskadrali minatashuvchi HMS Diamond kemasi AQSh kemalari bilan birgalikda husiylarning Qizil dengizdagi katta hujumini qaytarishdi[35].

2024-yil 11-yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashi husiylarning Qizil dengizda olib borayotgan agressiv harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Xavfsizlik kengashining 11 aʼzosi bu rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi, qarshi ovoz berilmadi, 4 aʼzo davlat ovoz bermadi (Jazoir, Mozambik, Rossiya va Xitoy)[36].

Husiylar kemalarga hujum qilishni toʻxtatish haqidagi ultimatumni inkor qilganidan soʻng, 2024-yil 12-yanvarda AQSh va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Husiylarning Yamandagi harbiy obyektlariga aviazarbalar berdilar[37].

13-yanvar kuni Yamandagi harbiy obyektlarga yana hujumlar uyushtirildi[38].

15-yanvarda Eagle Bulk kompaniyasiga qarashli „Eagle Gibraltar“ kemasining chap yon bortiga raketa kelib urildi. Hujum vaqtida kema Adan shahridan 177 km uzoqlikda boʻlgan. Husiylar ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olmadilar[39].

16-yanvar kuni Qizil Husiylar dengizning janubiy qismidan oʻtayotgan, Malta bayrogʻi ilingan „Zografia“ yuk kemasiga raketa zarbasi berdilar[40], bu haqda AQSh harbiy kuchlari markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) xabar berdi[41].

  1. „Саудиты откроют воздушное пространство для ударов по Йемену“ (ru). Московский комсомолец (2014-yil 12-yanvar). — „ОАЭ и Саудовская Аравия откроют свое воздушное пространство для ударов по Йемену“.
  2. „Iran Looks to Houthi Proxies to Escalate Fight With Israel“ (ru). www.nytimes.com (2014-yil 12-yanvar). — „Iran Looks to Houthi Proxies to Escalate Fight With Israel“. 2024-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  3. „US, Britain carry out strikes against Houthis in Yemen“. Reuters (2024-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
  4. „Middle Eastcategory US launches new multinational operation to safeguard Red Sea commerce“. Reuters (2023-yil 19-dekabr).
  5. „Statement from Secretary of Defense Lloyd J. Austin III on Ensuring Freedom of Navigation“ (en-US). U.S. Department of Defense. Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  6. „Шеф Пентагона объявил о начале операции «Страж процветания» по защите Красного моря“ (ru). online47.ru (2023-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  7. „Пентагон объявил о многонациональной операции по защите судов в Красном море“ (ru). Коммерсантъ (2023-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  8. „US-led force to patrol Red Sea in response to attacks by Houthis backing Palestinians“. Reuters (2023-yil 19-dekabr).
  9. „Заявление министра обороны Ллойда Дж. Остина III об обеспечении свободы судоходства".“.
  10. „Prosperity Guardian: началась операция против йеменских хуситов“. www.vesty.co.il (2023-yil 19-dekabr).
  11. „Греция присоединится к коалиции по обеспечению безопасности в Красном море“ (ru). Interfax.ru (2023-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  12. 12,0 12,1 ROD MCGUIRK.. „Australia to send military personnel to help protect Red Sea shipping but no warship“. Associated Press (2023-yil 21-dekabr).
  13. Mallawarachi, Bharatha „Sri Lanka to join US-led naval operations against Houthi rebels in Red Sea“ (en). ABC News (2024-yil 9-yanvar). 2024-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-yanvar.
  14. „WorldcategoryMore than 20 countries now part of US-led Red Sea coalition, Pentagon says10:56 PM GMT+3 · Updated 37 min ago“. Reuters.
  15. „К американской коалиции по защите судоходства в Красном море от хуситов присоединились более 20 стран“ (ru). news.am (2023-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  16. „Who are the Houthis and what is happening in the Red Sea?“ (en). Sky News. Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  17. „Ship insurance costs soar after Middle East tanker attacks“ (en-US). Yahoo News (2019-yil 14-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  18. „Reuters узнал о росте премий за военный риск для танкеров в Черном море“ (ru). Forbes.ru (2023-yil 23-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  19. „«Страж процветания»: США намерены объявить операцию против хуситов“ (ru-RU). Детали (2023-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  20. „Пентагон собирается объявить о начале специальной операции – The War Zone“ (ru). ont.by (2023-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  21. „War Zone: Пентагон намерен провести военную операцию против йеменских хуситов“ (ru). radio1.ru (2023-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  22. „Пентагон вывел из Красного моря два больших десантных корабля с морпехами“ (ru). Интерфакс (2023-yil 29-dekabr).
  23. „UK warns of deteriorating security in Red Sea, Royal Navy ship joins taskforce“. Reuters.
  24. „Британский эсминец HMS Diamond присоединится к коалиции в Красном море“. TACC. Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  25. Κώστα Σαρικά.. „Prosperity Guardian: Η δύσκολη αποστολή της ελληνικής φρεγάτας στην πολυεθνική επιχείρηση“. On Alert (2024-yil 6-yanvar).
  26. Никита Аронов.. „Дания присоединяется к морской коалиции в Красном море“. Детали (2023-yil 29-dekabr).
  27. „Канада направит для участия в операции против йеменских хуситов лишь трёх офицеров“. Интерфакс (2023-yil 20-dekabr).
  28. „Seychelles' participation in "Operation Prosperity Guardian" is only information exchange“ (en). Seychelles News Agency (2023-yil 20-dekabr).
  29. „Новая Международная Военно-Морская Оперативная Группа Укрепляет Безопасность В Красном Море“ (ru). Unipath (2023-yil 18-avgust).
  30. „Yemen’s Houthis say they attacked two more vessels in the Red Sea“ (en). Al Jazeera. Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
  31. „Houthis Claim Responsibility for Attack Against Commercial Vessel MSC United | Atlas News“ (en-US) (2023-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
  32. https://www.dw.com/ru/vms-ssa-v-krasnom-more-potopili-lodki-husitov-atakovavsie-kontejnerovoz/a-67864927
  33. „Вертолеты ВМС США потопили катера хуситов в Красном море после попытки захвата торгового судна“ (ru). www.nur.kz (2024-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  34. Miller, Zeke; Madhani, Amer. „US warns Houthis to cease attacks on Red Sea vessels or face potential military action“. Associated Press (2024-yil 3-yanvar). 2024-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.
  35. Британия заявила о крупнейшей атаке хуситов в Красном море — РБК
  36. „Adopting Resolution 2722 (2024) by Recorded Vote, Security Council Demands Houthis Immediately Stop Attacks on Merchant, Commercial Vessels in Red Sea“. UN Press. 2024-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
  37. „США и Великобритания начали наносить удары по объектам хуситов в Йемене“ (ru). Meduza (2024-yil 12-yanvar). 2024-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
  38. „США и Британия нанесли новый авиаудар по столице Йемена“ (ru). ВЗГЛЯД.РУ. 2024-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  39. „У берегов Йемена ракета попала в коммерческое судно“. 2024-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-yanvar.
  40. „Хуситы подтвердили, что нанесли удар по сухогрузу Zografia у побережья Йемена“. TACC. 2024-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
  41. „Greek ship hit by missile as Houthis ramp up Red Sea attacks“ (en). POLITICO (2024-yil 16-yanvar). 2024-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.