Kontent qismiga oʻtish

Farshed Zehniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Farshed Farhodovich Zehniy
Tavalludi 15-yanvar, 1958-yil (65 yosh)
Mukofotlari Rossiyada xizmat koʻrsatgan quruvchi

Farshed Zehniy (1958-yil 15-yanvar, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – muhandis-arxitektor, texnika fanlari nomzodi, Rossiya Fanlar akademiyasi aʼzosi[1], Rossiyada xizmat koʻrsatgan quruvchi, xalqaro geotexniklar jamiyati aʼzosi.

Farshed Zehniy 1958-yil 15-yanvar kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatidagi Bogʻimayon qishlogʻida tugʻilgan. U adabiyotshunos olim Toʻraqul Zehniyning nabirasi hisoblanadi. Farshed Zehniy 1975-yil Osimiy nomidagi Tojikiston davlat texnika universitetining qurilish fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Ushbu oliygohni 1980-yil muvaffaqiyatli tamomlagan. U 1980-yilda SSSR Davlat qurilishi tashkiloti qoshidagi Yerosti inshootlar institutida oʻz dissertatsiyasini himoya qildi. 1988-yildan 1991-yilgacha Tojikiston davlat texnika universitetida katta oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. SSSR Davlat qurilishi tashkiloti tomonidan 1991-yilda Farshed Zehniy Yerosti inshootlar institutining Markaziy Osiyo boʻlimi rahbari etib tayinlandi. Farshed Zehniy 1991-yildan 1994-yilgacha Tojikistonning markaziy shaharlari inshootlarini loyihalashda, yoʻl qurilishi sohasida hamda tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilishda oʻz hissasini qoʻshdi[2]. U 1978-yil Baykal Amur magistralini qurishda hamda Sibir neft va gaz zavodini loyihalashda ishtirok etgan. Farshed Zehniy 1988-yildan 1993-yilgacha Dushanbe aviatsiya xodimlari kengashi raisi boʻlgan.

Farshed Zehniyning 80 dan ortiq ilmiy ishlar hamda 2 ta patentlangan ixtirosi bor edi. U AQSh Milliy institutining dasturi asosida xalqaro ekspert unvoni sohibi hisoblanadi. Moskvadagi Gagarin maydoni, Kremldagi binolar, Stanislavskiy teatri, Moskva harbiy akademiyasi va Rostov Don stadioni kabi binolarni loyihalashda bevosita ishtirok etgan. 1993-yil Yangi Dehli shahridagi, 2001-yil London shahridagi, 2002-yil Istanbul shahridagi, 2007-yil Madrid shahridagi hamda 2011-yil Afina shahridagi Xalqaro arxitektura konferensiyalarida ishtirok etgan.