Kontent qismiga oʻtish

Farxat Soyibov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farxat Soyibov
Tavalludi 2-yanvar 1957-yil (1957-01-02) (67 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Kasbi Quruvchi
Dini Islom
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni Oʻzbekiston qahramoni

Farxat Soyibov (1957-yil 2-yanvar; Buxoro viloyati, Jondor tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farxat Soyibov 1957-yil 2-yanvar kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1974-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ish boshlagan. 1975—1989-yillarda Markaziy kon boshqarmasi 2-gidrometallurgiya zavodi qurilish sexida nasos qurilmalari mashinisti, katta usta, usta-texnolog, quyultirish boʻlinmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2009—2015-yillar oraligʻida shu kombinatning Shimoliy kon boshqarmasi 3-gidrometallurgiya zavodida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Soyibov 1989-yildan 1992-yilgacha Zarafshon shahri rahbariyatida faoliyat yuritgan. Keyingi 2 yilda 2-gidrometallurgiya zavodi quyultirish sexida texnolog-sex va 1994—1995-yilddarda „Zarafshon-Nyumont“ Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi moddiy taʼminot boʻlimi boshligʻi boʻlgan[1].

  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 142.
  2. „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.