Kontent qismiga oʻtish

Fassiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fassiyalar (lot. fascia – bogʻlov) – har bir muskulni oʻrab turadigan biriktiruvchi toʻqimadan iborat parda. Odam va hayvonlarning aʼzolari, nerv, qon tomirlarini oʻrab, muskullar uchun fassial gʻilof hosil qiladi. Tayanch va trofik vazifalarni bajaradi. Fassiyalar bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib, har qaysi muskulning alohida qisqarishini taʼminlaydi. Fassiyalar, odatda, qavatma-qavat muskullarni oʻrab turadi. Shu bois ular joylashgan oʻrniga qarab chuqur, oʻrta va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi. Yuza yoki teri osti fassiyalar teri osti yogʻ qavatida joylashib, odamlarda qoʻl-oyoq kaft terisining ostida, boshning sochli qismida aponevrozlar hosil qiladi. Fassiyalar qon tomirlari va nervlarga boy. Fassiyalar tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega.