Fathnoma
Fathnoma — tarixiy asar. Doston. Shayboniylar tarixiga oid dastlabki manbalar jumlasiga kiradi. Fors tilida yozilgan. 2021-yil holatiga koʻra u biror-bir tilga tarjima qilinmagan[1].
Asar Mahmud sulton topshirigʻiga koʻra Mulla Shodiy tomonidan 1502-yilda yozilgan. Dostonda Muhammad Shayboniy dunyoga kelgan kundan boshlab to 1501-yil iyunigacha Oʻzbek ulusi va Movarounnahr hududida yuz bergan muhim siyosiy-harbiy voqealar keng yoritilgan. Asarda Muhammad Shayboniyning Turkiston, Andijon, Buxoro va Qarshi viloyatlaridagi harbiy harakatlari hamda qoʻshinlarni safga tortish borasidagi mahorati tasvirlangan. Jahon kutubxonalarida asarning 5 ta nusxasi mavjudligi aniqlangan. Qoʻlyozmaning bir nusxasi Toshkentda, OʻzR FA Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Zamonov 2021, s. 7.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264-bet. ISBN 978-9943-6372-0-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |