Kontent qismiga oʻtish

Fathulla Masudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fathulla Masudov
Tavalludi 16-may 1963-yil
Vafoti 30-avgust 2020-yil(2020-08-30)
(57 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Fathulla Masudov – oʻzbek teatr vа kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Shuhrat” medali, "Mehnat shuhrati" ordeni sovrindori.

Fatxulla Masudov 1963-yil 16-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan.[1] Aktyorning otasi pedagog sifatida, onasi esa farmasevtika sohasida faoliyat yuritgan. U oilada toʻrt aka-ukaning eng kattasi hisoblanadi. Oʻrta maktabni tugatgach, Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutiga oʻqishga kirdi. Ushbu dargohni1984-yilda tugatgan. 1985-yildan 1986-yilgacha u Ukrainada harbiy xizmatni oʻtagan.[2] Aktyor oʻz faoliyatini 1986-yilda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida rejissor yordamchisi sifatida boshlagan. Keyinroq u1988-yildan bu teatrda aktyor sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan.[3] Masudov 2015-2020-yillarda Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlagan.

Fathulla Masudov aktyorlik faoliyati davomida hozirgacha koʻplab spektakllar va oʻndan oshiq filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari bu aktyor dublaj sohasida 500 ga yaqin filmlardagi qahramonlariga ham ovoz bergan.[4] Uning “Choʻqintirgan ota”, “Devdas”, “Gajini” kabi jahon filmlari qahramonlariga bergan ovozi tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan edi. “Shaytanat” serialidagi Anvar obraziga Fathulla Masudov katta mahorat bilan ovoz bergan, bu obrazni uning ovozisiz tasavvur etish nihoyatda qiyin.

Ushbu aktyor oʻzining aktyorlik faoliyati davomida "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" unvoni, “Shuhrat” medali va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan taqdirlangan.

Fathulla Masudov 1988-yilda Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev va aktrisa Gulchehra Sa’dullayevalarning Gulira’no ismli qiziga uylangan. Hozirgi kunda ularning ikki oʻgʻil va bir qiz farzandlari bor.

Fathulla Masudov 2020-yilda Toshkentda koronavirusdan vafot etgan.[5][6]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Fathulla Masudov surarga tushgan filmlarning xronologik tartibda roʻyxati keltirilgan.[7]

  • 1990-yil — Tangalik bolalar
  • 1998-yil — Yagona xotira
  • 1998-yil — Kichkina tabib
  • 2003-yil — Dard
  • 2004-yil — Dada
  • 2005-yil — Alvido
  • 2007-yil — Zumrad vа Qimmat
  • 2007-yil — Kichkina odamlar
  • 2010-yil — Meros dirijyor
  • 2010-yil — Sarob
  • 2011-yil — Vatanparvarlar
  • 2012-yil — Qovun
  • 2012-yil — Sardor-3
  • 2012-yil — Sovchilar
  • 2013-yil — Oʻkinch
  • 2014-yil — Sehrli qalpoq-2
  • 2014-yil — Avtobus bekatidagi odam
  • 2015-yil — Farhod vа Shirin
  • 2016-yil — Kulba
  • 2017-yil — Nazira
  • 2020-yil — Parokanda

Filmdagi dublyajlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Choʻqintirgan ota - Karlo Rizzi
  • Devdas - Devdas
  • Ghajini - Sanjay Singhanya
  • Baykerlar 3 - Sakhir vа Samar Xonlar
  • Tangri yaratgan juftlik - Surinder “Suri” Sahni / Raj Kapur
  • Shaytanat - Anvar
  • 1999-yil — “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
  • 2003-yil — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni
  • 2014-yil — “Mehnat shuhrat” ordeni.
  • 2020-yil — Madaniyat vа san’at fidokori unvoni
  • 2021-yil — Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[8];