Kontent qismiga oʻtish

Fatma Hikmet İşmen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fatma Hikmet İşmen
Tavalludi
Fatma Hikmet

1918-yil
Ioannina, Gretsiya Qirolligi
Vafoti 2016-yil 9-yanvar
Istanbul, Turkiya
Kasbi Qishloq xo'jaligi muhandisi, siyosatchi
Ijod qilgan tillari Turk tili
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Qishloq xo'jaligi muhandisligi
Alma mater Ankara University
Faoliyat yillari 1966-yil 5-iyun – 1975-yil 12-oktabr
Ota-onasi Husein Pasha (Otasi)
Qarindoshlari Fikret İşmen Kaygı (singli/opasi)

Fatma Hikmet 1918-yilda[1] Gretsiyaning Ioannina shahrida Alban millatiga mansub musulmon oilasida tugʻilgan. Uning otasi esa Husein Pasha, Alban hukmdori Ali Pashaning (1740–1822) avlodi boʻlgan[2].

Grek-Turk urushidan (1919–1922) keyin, uning oilasi 1923-yilda Lausanne Konvensiyasidagi Gretsiya va Turkiya oʻrtasidagi aholi almashinuvi qaroriga binoan Turkiyaning[3] poytaxtida joylashgan Beşiktaş tumaniga joylashadilar[2]. Otasi armiya ofitseri boʻlganligi sababli, keyinchalik oila yana Tokat va Adapazarıga koʻchishiga toʻgʻri keladi[2].

Fatma Hikmet boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Istanbul shahrida tugatgan[2]. U Arnavutkoy Amerika qizlar oʻrta maktabida[1][2] tahsil olgan, keyin Istanbul qizlar oʻrta maktabiga oʻtgan va 1933-yilda uni tugatgan[1][3]. Keyin Anqara universiteti Qishloq xoʻjaligi fakultetida[1] agronomlik boʻyicha tahsil olgan va 1937-yilda uni tamomlagan[2][3]. U Angliyadagi agranomlik kurslariga qatnashib yurgan va keyinchalik Kanada universitetidan shu soha boʻyicha doktorlik darajasini olgan[3][4] va oʻsimlik patologiyasi (oʻsimlik kasalliklari) boʻyicha mutaxassis boʻlgan[2][4].

1934 yilda qabul qilingan „Familiya Qonuni“dan soʻng, u va uning opasi Fikret „İşmen“ familiyasini qabul qilishgan.

İşmen Turkiyadagi Qishloq xoʻjaligi vazirligida[4] ishlagan, va Pest Control instituti (turkcha: Zirai Mücadele Enstitüsü)da Anqarada, Izmirda[1], va 1945-yildan boshlab Istanbulda[2][3] xizmat qilgan. U 1940-yildan 1966-yilgacha yordamchi, katta yordamchi va mutaxassis sifatida tadqiqot ishlari olib borgan[2][4].

Siyosatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chap qanotda yer osti jangchisi vazifasida xizmat qiladigan oʻgʻli Adnan Cemgildan ruhlanib, İşmen 1964-yilda Turkiya Ishchi Partiyasiga (turkcha: Türkiye İşçi Partisi, TİP) qoʻshiladi. 1966-yil 5-iyunda, u Kocaeli saylov okrugi vakili sifatida Respublika Senatiga kiradi va TİPning yagona senatoriga aylanadi, TİP 15 oʻrin bilan 1965-yilgi umumiy saylovlarda Turkiya Buyuk Millat Majlisida ishtirok etadi.

Senatdagi birinchi nutqida u Diniy ishlar boshqarmasini Sunniy islom tomonidan Alavitlarga[manba kerak] nisbatan kamsitishni kuchaytirishda ayblaydi, bu esa senatda Adolat partiyasi bilan uzoq davom etgan tortishuvlarga sabab boʻladi. Uning parlamentdagi ishlari taʼlim, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mavzulariga qaratilgan edi[2][3].

TİP 1971-yilgi Turkiya harbiy memorandumidan soʻng taqiqlangan. Fatma Hikmet parlamentda sotsialistlarning vakili sifatida yolgʻiz oʻzi qoladi va 1975-yil 12-oktabrda toʻqqiz yillik senatdagi faoliyatidan soʻng charchaganini ommaga bildiradi va isteʼfoga chiqadi[2][3].

1976-yilda u Senatdagi faoliyati, olib borgan ishlari, koʻrsatgan xizmatlari haqidagi avtobiografiyasini „Parlamentoda 9 yıl: TİP Senatörü Olarak 1966 – 1975 Dönemi Parlamento Çalışmaları“ („Parlamentda 9 yil: TIP Senatori sifatida parlament ishlari.1966-yildan – 1975-yilgacha“) nomi ostida nashr qildiradi[3][5].

1991-yilda u Sotsialistik birlik partiyasi (turkcha: Sosyalist Birlik Partisi, SBP) hammuassisi, 1994-yilda esa u Ozodlik va birdamlik partiyasi (turkcha: Özgürlük ve Dayanışma Partisi, ÖDP) asoschilaridan biri boʻlgan va ushbu siyosiy partiyalar boshqaruvida bir necha yillar davomida faol faoliyat koʻrsatgan va partiya aʼzolari orasida alohida hurmatga ega boʻlgan[1][2].

Hayotining keyingi yillari va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U „Tarih Vakfı“ („Jamgʻarma tarixi“)ning hammuassisi va jamgʻarma aʼzosi boʻlgan[6]. 1992-yilda jamgʻarma uning koʻrsatgan faolligi uchun Fatma Hikmat nomiga „Fatma Hikmet İşmen Prize for Supporting Research on Marxism“ (turkcha: Fatma Hikmet İşmen Marksist Araştırmaları Destekleme Ödülü) nomli mukofot taʼsis etgan[7].

Fatma Hikmet İşmen 2006-yil 9-mayda Istanbulda vafot etadi[1][2][3]. Ikki kundan keyin, Şişli Mosque anʼanalariga binoan Zincirlikuyu Cemetery masjidida dafn marosimi boʻlib oʻtadi[8]. Dafn marosimida esa anʼana va udumlariga binoan Fatma yodi uchun „The Internationale“ musiqasi kuylangan. Uning oʻlimidan soʻng singlisi Fikret İşmen Kaygı yolgʻiz qoladi, shunga qaramasdan insonlar haqidagi gʻalati fikrlari sabab umrining oxirigacha turmushga chiqmasdan, yolgʻiz oʻzi hayot kechiradi[2][3].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Fatma Hikmet İşmen“ (tr). Biyografya. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 Çetin, Mahmut. „Yanya Sultanı'nın sosyalist senatör torunu“ (tr). Son Devir (2015-yil 6-fevral). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 „Fatma Hikmet İşmen“ (tr). Lozan Mübadiller Derneği (2015-yil 26-iyul). 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Fatma Hikmet Ismen Papers“. International Institute of Social History. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
  5. Fatma Hilmet İşmen. Parlamentoda 9 yıl: TİP Senatörü Olarak 1966 – 1975 Dönemi Parlamento Çalışmaları (tr). Çark Matbaası, 1976 — 543-bet. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  6. „Girişim Kurulu ve Mütevelliler“ (tr). Tarih Vakfı. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
  7. „Fatma Hikmet İşmen Marksist Araştırmaları Destekleme Ödülü“ (tr). Gelenek (1992). Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
  8. „Eski Senatör Fatma Hikmet İşmen Vefat Etti..“ (tr) (2006-yil 9-may). Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.