Fatmire Alushi
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Fatmire Alushi | ||
Tavallud sanasi | 1-aprel 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Gjurakoc, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.70 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1993—1998 | DJK/VfL Giesenkirchen | ||
1998—2004 | FSC Mönchengladbach | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2009 | FCR 2001 Duisburg | 84 | (30) |
2009—2011 | 1. FFC Turbine Potsdam | 40 | (29) |
2011—2014 | 1. FFC Frankfurt | 27 | (10) |
2014—2016 | Paris Saint-Germain | 24 | (8) |
Milliy terma jamoa | |||
2003 | Germaniya U15 | 2 | (0) |
2004 | Germaniya U17 | 7 | (0) |
2005—2006 | Germaniya U19 | 16 | (1) |
2005—2015 | Germaniya | 79 | (18) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Fatmire „Lira“ Alushi (talaffuzi: Fatmire Alushi) (1988-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " tanlovida uchinchi oʻrinni egallagan[1].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alushi oʻz faoliyatini DJK/VfL Gizenkirxenda boshlagan. 1997-yildan 2004-yilgacha u Bundesligaga oʻtishdan oldin Myonxengladbax FSC uchun oʻynagan[2][3]. U Bundesligadagi debyutini 2004-yilning sentyabrida boshlagan va bir oy oʻtib ilk golini urgan. U 2005-yildan 2008-yilgacha „Duysburg“ safida toʻrt mavsum ketma-ket ikkinchi oʻrinni egallagan. 2008—2009-yilgi mavsumda Alushi UEFA ayollar chempionlar ligasida gʻolib chiqgan. Shuningdek, u 2009-yilda Germaniya kubogi sohibi boʻlgan va u yerda finalda gol urgan.
Duysburgdagi besh mavsumdan soʻng Alushi 2009-10-yilgi mavsum uchun FFC Turbine Potsdamga oʻtgan.[4]. Yangi klubida u 2010 va 2011- yillarda Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2009—2010-yilgi mavsumda Potsdam tarkibida finalda penaltilar seriyasida Bayramaj gol urib, Ayollar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasining ilk gʻolibligini qoʻlga kiritgan[5]. Bir yil oʻtib, Potsdam yana finalga yoʻl olgan, ammo " Olimpikque Lyon "ga yutqazgan.
Alushi 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " uchun kurashda uchinchi oʻrinni egallagan. 2011—2012-yilgi mavsum uchun Frankfurt FFC klubiga oʻtgan. Ushbu transfer ayollar Bundesligasi tarixidagi eng qimmat transfer boʻlgan[6].
2014-yilda u Parijga koʻchib oʻtgan[7].
Alushi 2017-yil 28-fevralda nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan[8].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alushi Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2005-yilning oktyabr oyida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bir yil oʻtgach, u 2006-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida gʻolib boʻlgan[1]. 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi chorak finalgacha ishtirok etagan. Alushi jamoaning barcha toʻrtta oʻyinida maydonga tushgan va turnir davomida uchta gol urgan[9].
U oʻzining birinchi yirik xalqaro unvonini 2007-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritgan. U Germaniyaning zaxira oʻyinchisi boʻlib, toʻrtta oʻyinda, shu jumladan turnir finalida maydonga tushgan va burchak toʻpini Germaniyaning ikkinchi goliga aylantirgan. Bir yil oʻtgach, Alushi 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Germaniya bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. U uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida 62 daqiqadan soʻng maydonga tushgan va Germaniyaning Yaponiyaga qarshi oʻyinida (2:0) ikkala golga ham mualiflik qilgan. 2009-yilda boʻlgan Yevropa chempionatida Alushi ilk bor Yevropa kubogni boshi uzra koʻtargan. Germaniya oʻzining yettinchi chempionligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chaqirilgan[1].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alushining ota-onasi Ismet va Ganimete kosovo -alban hisoblanishadi.1993-yilda Kosovoning Istok shahridan Germaniyaga koʻchirishgan[10].
2011-yil iyun oyida Alushi boshqa futbolchi Enis Alushi bilan uchrashishni boshlaydi. Ularning ikkisni otasi ham Kosovoda politsiyachi sifatida birga ishlagan[11]. Er-xotin kelasi yil nikohlarini eʼlon qilishgan. Koʻp oʻtmay, 2012-yil sentyabr oyida ikkalasi ham jarohat olgan[12]. Er-xotin 2013-yilning dekabrida turmush qurishgan[13]. 2015-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalidan soʻng, Alushi homiladorligini va Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015 FIFA Ayollar Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishini eʼlon qilgan. U oxir-oqibat maydonga qaytishni kutayotganini, ammo „hayotda futboldan ham muhimroq narsalar borligini“ aytgan[14].
Faoliyati statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 29.07.2007 | Magdeburg, Germaniya | Daniya | 3-0 | 4-0 | Oʻrtoqlik |
2 | 21.08.2008 | Pekin, Xitoy | Yaponiya | 1-0 | 2-0 | 2008-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari |
3 | 2-0 | |||||
4 | 24.08.2009 | Tampere, Finlandiya | Norvegiya | 2-0 | 4-0 | UEFA ayollar Yevro-2009 |
5 | 4-0 | |||||
6 | 7.09.2009 | Xelsinki, Finlandiya | Norvegiya | 3-1 | 3-1 | UEFA ayollar Yevro-2009 |
7 | 17.02.2010 | Duysburg, Germaniya | Shimoliy Koreya | 1-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik |
8 | 15.09.2010 | Drezden, Germaniya | Kanada | 2-0 | 5-0 | Oʻrtoqlik |
9 | 17.09.2011 | Augsburg, Germaniya | Shveysariya | 1-0 | 4-1 | UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi |
10 | 2-0 | |||||
11 | 22.10.2011 | Buxarest, Ruminiya | Ruminiya | 2-0 | 3-0 | UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi |
12 | 19.11.2011 | Visbaden, Germaniya | Qozogʻiston | 11-0 | 17-0 | UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi |
13 | 19.09.2012 | Duysburg, Germaniya | Turkiya | 8-0 | 10-0 | UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi |
14 | 21.09.2013 | Kottbus, Germaniya | Rossiya | 5-0 | 9-0 | 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi |
15 | 26.10.2013 | Koper, Sloveniya | Sloveniya | 8-0 | 13-0 | 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi |
16 | 8.05.2014 | Osnabrück, Germaniya | Slovakiya | 1-0 | 9-1 | 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi |
17 | 3-0 | |||||
18 | 6-0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]FCR 2001 Duisburg
- Ayollar oʻrtasidagi UEFA kubogi : 2008—2009
- Bundesliga : ikkinchi oʻrin 2004—2005, 2005—2006, 2006—20007, 2007—2008
- DFB-Pokal : 2008—2009 ; ikkinchi oʻrin 2006—2007
Turbine Potsdam
- UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2009—2010
- Bundesliga: 2009—2010, 2010—2011
Frankfurt FFC
- UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi: ikkinchi oʻrin 2011—2012
- DFB-Pokal: 2013-14
- FIFA Jahon chempionati : 2007-yil
- UEFA Yevropa chempionati : 2009, 2013
- Olimpiya bronza medali : 2008-yil
- U-19 ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2006-yil
- Algarve kubogi : 2014-yil
Shaxsiy yutuqlar
- Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2011-yil
- Silbernes Lorberblatt : 2007-yil
- FIFA Oltin toʻp : uchinchi oʻrin 2010-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Nationalspielerin Fatmire Bajramaj“ (de). DFB.de. Qaraldi: 25-iyun 2011-yil.
- ↑ „Portrait of the Footballer Fatmire Bajramaj: From Refugee to World Champion“. En.qantara.de. 14-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2011-yil.
- ↑ VON CHRISTIAN SPOLDERS – zuletzt aktualisiert: 1-oktabr 2007-yil. „Weltmeisterin aus Giesenkirchen“. Rp-online.de (22-fevral 1999-yil). 15-sentabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2011-yil.
- ↑ „Fatmire Bajramaj wechselt zum 1. FFC Frankfurt“ (de). womensoccer.de (18-aprel 2011-yil). 2011-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2011-yil.
- ↑ „Turbine-Frauen gewinnen im Elfmeterschießen“ (de). Spiegel.de (20-may 2010-yil). Qaraldi: 18-iyun 2011-yil.
- ↑ „Bajramaj-Wechsel läutet neue Ära ein“ (de). womensoccer.de (20-aprel 2011-yil). 2011-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2011-yil.
- ↑ „Alushi enticed by Paris“ (10-iyun 2014-yil).
- ↑ „Weltmeisterin Alushi beendet ihre Karriere“. dfb (28-fevral 2017-yil).
- ↑ „Fatmire Bajramaj“. FIFA.com. 11-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2011-yil.
- ↑ „Film ab! Jetzt spielen auch die Eltern mit“ (de). Der Tagesspiegel (23-iyun 2008-yil). Qaraldi: 23-mart 2010-yil.
- ↑ Schöne Lira liebt diesen Zweitliga-Profi
- ↑ „Liebe ist......ein gemeinsamer Kreuzbandriss“ (de). Bild.de (1-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2012-yil.
- ↑ „Archived copy“. 19-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2014-yil.
- ↑ „Fatmire Alushi ist schwanger und fehlt bei der WM“ (de). kicker.de (15-may 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2015-yil.