Kontent qismiga oʻtish

Fattoh Mirzayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fattoh Mirzayev (1921.5.9. Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). Texnika fanlari doktori (1971), professor (1973). Urta Osiyo industrial institutini tugatgan (1945). Shuin-tda dotsent (1953), kimyotexnologiya fakulteti dekani (1965—71), kafedra mudiri (1967—2000), professor (2000-yildan). Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun zarur boʻlgan azotli oʻgʻitlarning yangi turlarini olishga oid. Qoratogʻ fosforitlarini sulfat va gumin kislotalar qoʻshib, nitrat kislota bilan qayta ishlash asosida murakkab oʻgʻitlar olish ustida tadqiqotlar olib borgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil