Kontent qismiga oʻtish

Fauna and Flora International

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fauna & Flora International (FFI) — Yer sayyorasidagi yovvoyi tabiat va ularning yashash hududlarini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan xalqaro xayriya va nodavlat tashkilotdir. U 1903-yilda tashkil etilgan. FFI dunyodagi eng qadimgi xalqaro ekologik tashkilotdir. Oq (arab) oriksi tashkilot timsoli hisoblanadi. Bunga jamiyat tomonidan ushbu jonivorni koʻpaytirish boʻyicha loyihaning muvaffaqiyatli yakunlangani sabab boʻlgan.

Bir vaqtlar Britaniya Imperiyasining Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati sifatida tashkil etilgan xalqaro tashkilot 20-asrdagi ilk qoʻriqxonalar barpo qildi va hayvonlarni koʻpaytirish dasturlarini hayotga tatbiq etdi. Oʻshandan beri, nomlanishii va yondashuvlarida bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. FFI hozirda 40 ga yaqin mamlakatda tabiatni muhofaza qilish dasturlarini muvofiqlashtirish orqali mahalliy tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. U salohiyatni rivojlantirish, mahalliy darajadagi yondashuvlar va dengizni muhofaza qilishga koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Jamiyatning „Oriks“ nomi bilan tanilgan ilmiy jurnali 1984-yildan beri tabiatni muhofaza qilish boʻyicha ilmiy maqolalarni chop etib keladi.

Fauna & Flora International ingliz qonunchiligiga binoan mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida tashkil etilgan va bosh qarorgohi Kembrijda joylashgan roʻyxatdan oʻtkazilgan xayriya tashkiloti hisoblanadi[1]. FFIning AQSH va Avstraliyada shoʻba tashkilotlari va Singapurda shoʻba shirkati mavjud. Hozirda FFI 40 ga yaqin mamlakatda mahalliy hamkor tashkilotlar, muassasalar, jamoalar va hokimiyatlar bilan ishlab, tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.

FFI qirollik oilasi homiyligida boʻlib, u 1928-yilda tashkilot homiysiga aylangan Uels shahzodasi Edvard (keyinchalik qirol Edvard VIII) davriga toʻgʻri keladi. Qirolicha Yelizaveta II taxtga oʻtirganidan keyin 68 yil davomida[2], 2020-yil oktabrgacha, Kembrij gertsogi shahzoda Uilyamga homiylikni topshirdi. Bu shahzoda Uilyamning kelgusi avlodlar uchun tabiiy muhitni muhofaza qilib kelayotgan jamoalarni saqlash va qoʻllab-quvvatlashdagi koʻp yillik mehnatining eʼtirofidir[3]. FFI’ning hozirgi prezidenti Niderlandiya malikasi Lorentindir[4].FFI boshqaruvida katta vitse-prezident lavozimlari ham boʻlib, ular orasida 1959-yildan buyon FFI bilan aloqador boʻlgan Devid Attenboro[3], Stiven Fray[3][5], Sharlotta Ulenbruk[5] va Lord Jon Braun Madingli ham bor[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Search the register of charities
  2. Our Patron , Fauna and Flora International (accessed March 14, 2019).
  3. 3,0 3,1 3,2 The Queen and David Attenborough urged to cut ties with charity linked to Finland mining plans , The Guardian (August 17, 2016).
  4. Adam.Vallance „New wildlife conservation Patronages announced for The Duke of Cambridge“ (en). The Royal Family (2020-yil 19-oktyabr). 2020-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Vaughan, Adam. „Stephen Fry brings spit, wit and tweets to conservation group“ (en-GB). The Guardian (2009-yil 13-noyabr). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]