Favzullo Omonulloyev
Omonulloyev Favzullo Fathulloyevich | |
---|---|
Tavalludi |
1923 Samarqand |
Vafoti |
1974-yil, 25-fevral Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | iqtisodchi |
Taʼlimi | Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti |
Omonulloyev Favzullo Fathulloyevich (1923-yil, Ashur Muhammad, Samarqand – 1974-yil 25-fevral, Ravonak, Samarqand) – iqtisodchi, oʻqituvchi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (1960), Tojikiston fanlar akademiyasi aʼzosi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Omonulloyev Favzullo 1923-yilda Samarqand shahrida Ashur Muhammad qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlgach 1945—1949-yillar oraligʻida Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida (keyinchalik Oʻrta Osiyo kooperativ instituti, hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis universiteti) iqtisod fakultetida tahsil olgan. Ish faoliyatini Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida kichik xodim sifatida boshlagan. Keyinchalik 1949—1950-yillarda institutda ilmiy nazoratchi boʻlgan. 1950yilda ushbu institut tavsiyasida asosida Moskvaga aspiranturaga yuborilgan. 1951-yilda Sadriddin Ayniy Moskvada tojik tilida soʻzlashuvchi aspirantlar (jumladan, samarqandliklar) bilan uchrashib, ularni Tojikistonad yangi tashkil etilgan Tojikiston Fanlar akademiyasiga ishlashga taklif qiladi. Ana shu taklif asosida akademik I.K.Narziqulov Tojikiston Fanlar akademiyasining iqtisodiyot boʻlimiga ishga olish boʻyicha ariza bilan murojaat qilgan. Omonulloyev Favzullo 1955-yil Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini deyarli tugatgan boʻlsa-da, oʻsha davridagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tufayli nomzodlik dissertatsiyasini oxiriga yetkazmaydi. Nikita Xrushchyov davrida 1956-yildan „Razvitie selskoho hozyazyta Sovetskogo Pamira“ („Sovet Pomiri qishloq xoʻjaligining rivojlanishi“) mavzusida yangi nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlaydi va uni 1960-yilda Toshkentda himoya qilgan. Keyinchalik u Badaxshonda yashab ijod qildi. 1965—1967-yillar davomida oʻqituvchilik bilan shugʻullangan (hozirgi Sh.Shohtemur nomidagi maktabda). Omonulloyev Favzullo 1967-yilda Samarqandga qaytib, umrining oxirigacha Samarqand kooperativ institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. Institutdagi faoliyati davomida bir qancha ilmiy maqolalar, monografiyalar, kitoblar chop ettirgan. V.I.Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Lenin ordeni bilan taqdirlangan[1][2].
Omonulloyev Favzullo 1974-yil 25-fevralda Samarqand shahrida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Аз асл ба насл. — Душанбе, 2019. — 215 с. ISBN 978-99947-958-2-6
- ↑ „Даргоҳе, ки олимони зиёдеро тарбия кардааст“. www.ovozi.uz. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.