Kontent qismiga oʻtish

Fayzi Shohismoil

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fayzi Shohismoil
Tavalludi 10-noyabr 1938-yil (1938-11-10) (86 yosh)
Ahiska, Gruziya SSR, SSSR
Vafoti 15-avgust 2015 (77)
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakulteti
Kasbi shoir, jurnalist, tarjimon
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Fayzi Shohismoil (10-noyabr 1938-yilda tugʻilgan) — shoir, jurnalist va tarjimon. Bolaligi Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Mitan (hozirgi Ishtixon) tumanida oʻtdi. Soʻngra Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida oʻsib ulgʻaydi. Harbiy xizmatda boʻldi. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini bitirdi. Respublika markaziy gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, muxarrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston teleradio kompaniyasida chet ellarga eshtirishlar radiostansiyasida boʻlim mudiri, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Jahon adabiyoti“ jurnalida masʼul kotib boʻlib xizmat qildi. Koʻplab sheʼrlari respublika, viloyat, tuman, gazetalarida chop etildi. Bolalar shoiri, xalqaro sharhlovchi, tarjimon sifatida tanildi. „Adashboy“, „Irmoqlar“, „Choʻqqi bilan suxbat“, „Bizning olam“, „Yigʻloqi bulut“, „Bahor qoʻshiqlari“ sheriy toʻplamlari bosib chiqdi. Bolalar va kattalar uchun oʻnlab qoʻshiqlar muallifi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibidir.

  • „Adashboy“ she`rlar toʻplami 1973-yil.
  • „Irmoqlar“ she`rlar toʻplami 1978-yil.
  • „Yoshlik bayozi 80“ she`rlar toʻplami 1980-yil.
  • „Mening uchqur toychogʻim“ she`rlar va ertaklar toʻplami 1985-yil.
  • „Qoʻshiqlar toʻplami“ maktab yoshidagi bolalar uchun qoʻshiqlar toʻplami 1983-yil.
  • „Bizning olam“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 1988-yil.
  • „Yigʻloqi bulut“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 1991-yil.
  • „Guldasta“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 2010-yil.
  • „Buvim ertak aytganda“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 2020-yil.