Kontent qismiga oʻtish

Fayzulla Karomatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fayzulla Muzaffarovich Karomatov (1925.14.12, Buxoro) — musiqashunos, folklorshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1972), professor (1973). Toshkent pedagogika instituti(1944), Toshkent konservatoriyasi (1950)ni tugatgan. Buxoro teatrida (1941—43), Oʻzbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrida (1943—48) skripkachi. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1949—50, 1954—55), musiqa boʻlimi mudiri (1955—93), direktor (1957— 64), bosh ilmiy xodim (1994-yildan). Ayni vaqtda, Toshkent konservatoriyasi dotsenti (1955—60), professor (1980— 1991), Sharq musiqasi kafedrasi asoschisi va mudiri (1972—80, 1991—97). Koʻpgina oʻzbek kuy va qoʻshiqlarini toʻplab, nashr ettirgan. Oʻzbek musiqa merosi, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa folklori masalalariga oid asarlar muallifi. Toshkent (1975), Samarqand (1978, 1983, 1987, 1997), Buxoro (1990, 2001)da oʻtkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarning tashkilotchilaridan, shuningdek, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida koʻpgina musiqa anjumanlari qatnashchisi. K. YUNESKO qoshidagi musiqa kengashlari (ICM, IOV, CIOFF) aʼzosi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).

  • Oʻzbekskaya dombrovaya muzika, T., 1962; Oʻzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972; Oʻzbek xalq musiqa merosi, 1—2 j., T., 1978—85; Muzikalnoye iskusstvo Pamira (N. Nurjonov bilan hamkorlikda), M., (1—2-kitob), 1978-86.
  • Abdull aye v R., Fayzulla M.Karomatli, T., 1996.[1]




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil