Kontent qismiga oʻtish

Fayzulla Ordaboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fayzulla Ordaboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fayzulla Beysenuli Ordaboyev
Tavallud sanasi 10-noyabr 1966-yil (1966-11-10) (58 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 170 sm
Ampluasi Hujumchi
Vazni 75 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983- Sohibkor 34 (2)
1988 Andijon 34 (3)
1989 Trakor 34 (7)
1990 Paxtakor 3 (0)
1990—1991 Sverdlovets 72 (20)
1992—1996 Jiger 128 (29)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Fayzulla Beysenuli Ordabaev (1966-yil 10-noyabr[1]) — qozogʻistonlik futbolchi, futbol murabbiyi[2], hujumchi va yarim himoya pozitsiyalarida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayzulla oʻzbek futboli tarniyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatini 1983-yil Toshkentning „Sohibkor“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1988-yil Andijonning „Paxtakor“ (hozirda Andijon deb nomlanadi) jamoasi safida oʻtdi. 1989-yil Toshkent Traktor zavodining „Traktor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 1990-yilgi mavsumda SSSR Birinchi ligasida toʻp suruvchi „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Fayzulla Paxtakor jamoasi safida SSSR musoboqalarida 3 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda Sverdlovets jamoasi takibida SSSR ikkinchi ligasida toʻp surdi v. 1992-yil SSSR parchalanganidan soʻng Fayzulla Qozogʻiston jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1992-yil Qozogʻiston chempionatida Chimkentning „Jiger“ klubi safida boshladi va Qozog‘iston fuqaroligini oldi. Jiger jamoasi safida 4 mavsum davomida toʻp surib, 128 oʻyinda 29 ta gol muallifiga aylandi. Qozogʻiston jamoalarida 10 yildan ziyod vaqt davomida toʻp surib[3], 2004-yil „Yassi“ jamoasi takibida, 38 yoshida faoliyataini yakunladi. 2001-yilgi mavsumda „Irtish“ jamoasi tarkibida Qozogʻiston kubogi finalida ishtirok etgan.

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozog‘iston terma jamoasi tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazdi. 1994-yil 11-aprelda u ilk bor Tojikistonga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvida oʻynadi. 1997-yil 6-iyunda u oxirgi marta JCH-1998 saralashida Iroqqa qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda „Ordabasi“ klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2013-yilda „Astana-1964“ klubi bosh murabbiyi boʻldi.

2018-yilda u „Janubiy Akademiya“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan.

  1. „footballfacts.ru“. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  2. „СОТРУДНИКИ УРДАБАЕВ Файзулла Бейсенович“. 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  3. „XXIII ЧЕМПИОНАТ КАЗАХСТАНА ПО ФУТБОЛУ. ПЕРВАЯ ЛИГА - 2014“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.