Fazl ibn Umar Abhariy
Fazl ibn Umar Abhariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Astronom, faylasuf |
Fazl ibn Umar Abhariy(arabcha: فظل إبن عمر أبهري — Ahmad ibn Muhammad Ustrushaniy — Toʻliq ismi: Asiruddin Fazl ibn Umar Abhariy Samarqandiy) — Astronom va faylasuf.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fazl ibn Umar Abhariy hikmat, astronomiya, riyozat va falsafa ilmlarida shuhrat qozongan olim boʻlib, tavallud topgan yili toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Alloma 663/1264-yili vafot etgan. Fazl ibn Umar Abhariyga Samarqandiy nisbasining berilishi Samarqandda ham boʻlganligidan dalolat deb aytish mumkin.[1]
Ustozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fazl ibn Umar Abhariy Mosul shahrida yashagan, 626/1228-yil Shomdagi (hozirgi Suriya) Arbil shahriga borib Kamoliddin Muso ibn Yunus ibn Muhammaddan (551/1156-639/1242-yil) taʼlim olgan.
Shogirdlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fazl ibn Umar Abhariy zamonasining buyuk olimlaridan boʻlgan. Shayxulimom, olim, mutakallim, qozi Shamsiddin Abu Abdulloh Isfahoniy (610-688-yil), Abu Abdulloh Zakariyo ibn Mahmud Qazviniy (605-682-yil) va Qozi Shamsiddin Abulabbos Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim Shofeiy (608-681-yil) kabilarning ustozi boʻlgan. Fazl ibn Umar Abhariy astronomiyaga tegishli zijlari bilan, astronomiya harakatlarini hisoblash, rasadxona asboblarini xossatan, usturlob (osmon va uning jismlarini oʻrganadigan asbob)ni ishlatishda mashhur boʻlgan. Asbobning turlari, moʻljali va ishlatish yoʻli haqida kitoblar yozgan. Riyozat, mantiq va bahs ilmiga tegishli bir qancha risolalar tasnif etgan.[2]
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Tahzibuchun nuqat“ („Nuqtalarni ixchamlash“), „Diroyatu-l-aflok“ („Koinotlardan xabardor boʻlish“), „Az-ziju-l-Asiriy“ nomi bilan tanilgan „Az-ziju-sh-shomil“ („Keng qamrovli zij“), „Al-majsutiy fi-l-hayʼa“ („Koʻrinishdagi (tanadagi) almagest“), „Al-qavl fi-l-hisob“ („Koinotni hisoblash haqida“), „Gʻoyatu-l-idrok fi diroyati-l-aflok“ („Koinot ilmlaridan xabardor boʻlishda idrok choʻqqisi“), „Risola fi-l-ilm“ („Ilm haqida risola“) kabi yigirmaga yaqin asarlarga mualliflik qilgan.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |