Kontent qismiga oʻtish

Fedchenko oksitropisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fedchenko oksitropisi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Oksitropis
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Oxytropis fedtschenkoi

Fedchenko oksitropisi (lotincha: Oxytropis fedtschenkoi) – ikki urugʻpallalilar sinfi burchoqdoshlar oilasi oksitropis turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmlarining gʻarbiy qismlaridagi yonbagʻirlarda tarqalgan[1].

Balandligi 5-30 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Ildizi qisqa yogʻon. Poyasiz, zich toʻplam hosil qilib oʻsadi. Barglari poyada navbatma-navbat joylashgan, bandli, murakkab, bargchalari 3-8 juft, uzunligi 2-3 sm, choʻziqroq dumaloq shaklda. Gullari ikki jinsli. Gulpoyasi bargidan uzun. Gultojibarglari pushti yoki och qizil tusda, qisman qoʻshilgan. Gulkosachabarglari yashil yarmigacha qoʻshilgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun oyida gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Mevasi quruq dukkak meva, tashqi qobigʻi pardasimon tuzilgan. Dukkagi toʻq jigarrang yoki yashil tusda, yumaloq pufaksimon, uzunligi 15 mm. Urug‘i va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi. Boshqa oʻsimliklar bilan raqobatda chidamsiz.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmlarining gʻarbiy qismlarida uchraydi. Tog‘larning yuqori qismida, yirik shagʻalli yonbagʻirlarida va mayda toshli tuproqlarda, mustahkamlangan surilmalarda oʻsadi. Chorva mollari koʻp boqiladigan yerda oʻsadi, yovvoyi hayvonlar ham isteʼmol qiladi, bundan tashqari raqobatga chidamsiz. Ugom Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Oxytropis fedtschenkoi“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.