Kontent qismiga oʻtish

Federico García Lorca

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Federico García Lorca
Tavalludi 5-iyun 1898
Vafoti 19-avgust 1936
Fuqaroligi Ispaniya[1]
Otasi Federico García Rodríguez
Onasi Vicenta Lorca Romero

Federico García Lorca (qisqacha: Garcia Lorca) (1898.5.6, Fuentevakeros — 1936.19.8, Granada yaqinida) — ispan shoiri va dramaturgi. Uning ijodi ispan xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini yangicha talqin etish asosida shakllandi. „Qoʻshiqlar“ (1927), „Loʻlilar romanserosi“ (1928) kabi asarlarida ogʻir va fojiali voqea-hodisalarni boshidan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga hamdoʻstlik va xayrixohlik tuygʻulari kuchli va yorqin aks etgan. „Shoir Nyu-Yorkda“ sheʼrlar toʻplami (1935, nashri 1940), „Ajoyib kavushdoʻz ayol“ pyesasi (1930), „Qonli toʻy“.(1933), „Iyerma“ (1934) tragediyalari va „Bernard Alba uyi“ (1936) qahramonlik dramasida oddiy kishilarning zolimlar zulmiga qarshi nafrati ifodalangan. Granada isyonida fashistlar tomonidan otib oʻddirilgan. Asarlari oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan („Ispan jandarmlari haqida romans“, „Gitara“, „Teatr haqida soʻz“, „Chorraha“, „Chavandoz qoʻshigʻi“ va b.) roror

As.:Et qaygʻuli shodlik. Sheʼrlar va dostonlar [Ispanchadan Shavkat Rahmon tarjimasi], T., 1989.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. (unspecified title)