Kontent qismiga oʻtish

Fedor Popov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fedor Popov — 1921-yili tugʻilgan, Penza shahridan, sinfsizlashgan, giyohvand, 2 marta sudlangan. 1935-yili xalq sudi tomonidan oʻgʻirlik uchun 2 yilga qamalgan, jazoni oʻtamay, balogʻatga yetmaganligi uchun onasi qaramogʻiga topshiril-gan. 1936-yili xalq sudi tomonidan oʻgʻirlik uchun 2 yilga qamalgan, bolalar mehnat koloniyasiga joʻnatilgan, u yerdan qochgan, jazoni oʻtamagan, 12 marta vaqtincha qamoqqa olingan, ijtimoiy xavfli unsur. Mesheryakov va boshqa jinoyatchilar bilan birgalikda 2-avgust kuni parkda boʻlgan 2 fuqaroni oʻldirgan, 4 fuqaroga ogʻir tan jarohati yetkazganlikda, doimiy ravishda oʻgʻirlik bilan shugʻullanganlikda, Samarqand qamoqxonasida boʻlib, mahbuslarni doimiy ravishda talashlarni davom ettirganlikda ayblangan.[1]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 130-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.