Fehmi Agani
Fehmi Agani | |
---|---|
Tavalludi |
23-yanvar 1932-yil |
Vafoti |
6-may 1999-yil (67 yoshda) Lipljan |
Fuqaroligi | Albaniya |
Kasbi | Sotsiolog |
Faoliyat yillari | 1967—1999 |
Fehmi Agani (1932-yil 23-yanvar — 1999-yil 6-may) — kosovolik sotsiolog va siyosatchi. U XX asrning 90-yillarida Kosovo Demokratik Ligasining (LDK) yetakchi rahbari va siyosiy strategi hisoblangan. Fehmi Agani 1998—1999-yillardagi Kosovo urushi oldidan xalqaro muzokaralarda LDK vakili boʻlgan, ammo siyosiy qarashlari tufayli urush paytida serb askarlari tomonidan oʻldirilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agani Yugoslaviya qirolligining Gjakova shahrida tugʻilgan va Prishtina maktabida tahsil olgan. U Belgrad universitetining sanʼat fakultetini 1959-yilda tamomlagan va 1964-yilda siyosatshunoslik boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Keyinchalik Prishtinada sotsiologiyadan dars bergan, doktorlik darajasini olgan va Prishtina universitetida oʻqituvchilik lavozimini egallagan. Fehmi 1967—1970-yillarda Albanologiya instituti direktori, 1978—1980-yillarda esa falsafa fakulteti dekani boʻlib ishlagan[1]. Rasmiylar uni 1981-yilda oʻqituvchilik qilishdan chetlashtirishdi va Kosovo alban akademiklaridan tozalash jarayonida uni universitetdan haydab chiqarishdi[2].
Siyosiy martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agani 1994-yilda Kosovo Fanlar va sanʼat akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylangan va ikki yildan soʻng uning haqiqiy aʼzosi boʻlgan. U Kosovo Demokratik Ligasi (LDK) hammuassisi va rahbari oʻrinbosari sifatida Ibrohim Rugova qoʻl ostida ishlagan. Kosovo kelajagi boʻyicha siyosiy muloqotlarda ishtirok etgan. U LDKning yetakchi aʼzolaridan biri edi va siyosiy strategga aylandi[3]. U 1998—1999-yillardagi Kosovo urushi oldidan boʻlib oʻtgan muzokaralarda Albaniya delegatsiyasini boshqargan va Rambuye konferensiyasida asosiy kosovalik muzokarachilardan biri boʻlgan. Zoʻravonlik qilmaslik va yarashuv tarafdori boʻlib, u albanlar va serblar oʻrtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida Etnik munosabatlar forumiga asos solgan.
Kosovo urushi va oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U urush paytida Kosovoda qoldi va serb kuchlari tomonidan Prishtinadan taniqli kosovo albanlarini tozalashdan qochdi. NATO Yugoslaviyani bombardimon qilishni boshlanganidan bir necha kun oʻtgach, NATO notoʻgʻri xabarga asoslanib uning oʻlimini eʼlon qildi, lekin u besh hafta davomida shahardagi xavfsiz uylarda yashirinib yurdi. U Makedoniyaga poyezdda qochishga uringan, biroq chegaradan ortga qaytarilgan. Poyezd Prishtinaga qaytib ketayotganda, politsiya Aganini vagondan chiqarib yuboradi. Uning jasadi bir necha kundan keyin Lipjan qishlogʻi yaqinida topilgan. Serbiya ommaviy axborot vositalari uning oʻlimida Kosovo Ozodlik Armiyasini (KLA) ayblagan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Elsie, Robert. Historical Dictionary of Kosovo. Scarecrow Press, 2010 — 8-bet. ISBN 978-0-8108-7483-1.
- ↑ Orosi, Violeta. „Obituary: Fehmi Agani“. The Independent (1999-yil 18-may). Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ Cocozzelli, F.. War and Social Welfare: Reconstruction after Conflict. Palgrave Macmillan US, 2010 — 46-bet. ISBN 978-0-230-10494-5.
- ↑ „Calls for Agani killing probe“. BBC News (1999-yil 9-may). Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.