Felicity Kendal
Bu maqola ayni damda 37.110.210.223 17:05, 2-Aprel 2024 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 17:05, 2-Aprel 2024 (UTC) (31 kun avval) da tahrir qilingan. |
Felicity Kendal | |
---|---|
Kendal 2016-yilda | |
Tavalludi |
25-sentyabr 1946-yil Olton, Warwickshire, England |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1947-yil |
Otasi | Geoffrey Kendal |
Onasi | Laura Liddell |
Felicity Ann Kendal CBE (25-sentabr 1946-yil) - ingliz aktrisasi, asosan televideniye va teatrda ishlagan.U 70 yildan ortiq ushbu sohada faoliyat yuritib, koʻplab sahna va ekran rollarida ishtirok etgan ,ammo unga 1975-yilda ijro etilgan The good life serialidagi Barbara Good roli katta shuhrat olib keldi.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Felicity Kendal 1946-yil Angliyaning Olton shahrida tugʻilgan. U aktyor Laura Liddell va menejer Geoffrey Kendalning kichik qizi edi. [1] Uning opasi Jennifer Kendal ham aktrisa boʻlgan.
Birmingemdagi dastlabki yillaridan soʻng, Kendal yetti yoshida oilasi bilan Hindistonda yashadi. Bu paytda uning otasi ingliz aktyorining menejer boʻlib ishlagan. Oila koʻp sayohat qilganligi sababli, Kendal Hindistondagi oltita turli Loreto kollejilarida tahsil olgan [1] va 17 yoshida Kalkuttada ich terlama kasalligiga chalingan. 1975-yilda Kendal BBC sitkomida "The Good Life" serialidagi roli bilan televideniyada katta muvaffaqiyatga erishdi. U Richard Briers bilan birgalikda Barbara va Tom Good rolini ijro etishgan. Kendal barcha 30 ta epizodda qatnashgan va ular 1975-yildan 1978-yilgacha toʻrtta serialda namoyish qilingan.
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kendalninng ish faoliyati boshlanganidan toʻqqiz oy oʻtib, u A Midsummer Nightʻs Dream filmida oʻzgaruvchan bola rolini ijro etdi.
U Londondagi "Minor Murder " (1967) sahna koʻrinishida rol oʻynagan. Uning teatr karyerasi 1980-yillar va 1990-yillarda Tom Stoppard bilan birgalikda faoliyat olib borgan paytda gullab-yashnagan va uning koʻplab dramalaridagi rollarni ijro etgan, shu jumladan The Real Thing (1982), Hapgood (1988), Arcadia (1993) va Indian Ink (1995) dramalarini misol qilish mumkin.
1989-yilda "Much Ado About Nothing" va "Ivanov" filmlarida oʻynagan rollari uchun "Evening Standard" teatr mukofotiga sazovor boʻldi.
2002-yilda Kendal Charlotte Jonening "Humble Boy" dramasida asosiy rol oʻynadi. 2006-yilda u David Harening "Amyʻs View" filmi West Endda ijro etdi.
2017-yilda u Menier shokolad fabrikasida Lettice va Lovage sahna asarida Maureen Lipman bilan birga rol oʻynadi.
2021-yilda Kendal "Barbican teatri"da Anything Goes asarining Evangeline Harcourt rolini ijro etdi.[2]
2023-yilda Kendal Phoenix teatri va Royal Haymarket teatrida "Noises Off" sahna asarining Dotty Otley rolini oʻynadi.
1995-yilda Kendal Edward Learning she'rlarini oʻqigan .
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kendalning Drewe Henley bilan birinchi nikohi (1968-1979) va Maykl Rudman bilan ikkinchi nikohi (1983-94) ajralish bilan yakunlandi. Kendalning ikkita oʻgʻli bor: Charleyning otasi-Henley va Jacobning otasi-Rudman boʻlgan. 1991-yilda u Rudman bilan ajrashdi, ammo 1998-yilda ular qayta uchrashishdi.
Kendal katolik diniga eʻtiqod qilgan. U ikkinchi nikoh paytida yahudiylikka oʻtgan, ammo tavba qilib: "Men oʻzimni ildizimga qaytayotganimni his qildim" degan. Uning oʻz diniga qaytishi uch yildan ortiq vaqt talab qildi. [3] Kendalning "White Cargo" nomli xotiralari 1998-yilda nashr etilgan. [4]
Film rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kendalning filmdagi rollari quyidagilardir:
- Sheksper Wallah (1965) - Lizzie Buckingham rolida. Film (Merchant Ivory tomonidan) Kendal oilasining Hindistondagi hayotiga asoslangan.
- Valentino (1977) - June Mathis rolida
- We're Back! A Dinosaur's Story (1993) - Elsa rolida
- Parting Shots (1999) – Jill Saunders rolida
- How Proust Can Change Your Life (2000)- hikoyachi sifatida
Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Kendal, Felicity. White Cargo. Michigan universiteti AQSH: Michael Joseph, 1998. ISBN 0718143116.
Sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1976 - Eng yaxshi yosh aktrisa- Variety Club
- 1979 - Eng yaxshi aktrisa - Variety Club
- 1980 - Clarence Derwent mukofoti
- 1981 - Eng yaxshi ayol (Buyuk Britaniya) - Clarence Derwent mukofoti [5]
- 1984 - Yil ayoli tanlovida- eng yaxshi aktrisa - Variety Club
- 1989 - Eng yaxshi aktrisa - Evening Standard teatr mukofoti
Nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1978 - Oltin medal - Eng yaxshi yosh aktrisa - Fotoplay mukofotlari [6]
- 1985 - Komedik aktrisa - CableACE mukofotlari[7]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „BBC Radio 4 Extra – Desert Island Discs Revisited, The Good Life, Felicity Kendal“. BBC. Qaraldi: 2014-yil 15-noyabr.
- ↑ Gans. „Sutton Foster Is Reno Sweeney in London's Anything Goes, Opening August 4 at the Barbican“. Playbill (2021-yil 4-avgust). Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Felicity Kendal interview with Saga Magazine“. saga.co.uk. 2014-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-noyabr.
- ↑ Kendal 1998. sfn error: multiple targets (2×): CITEREFKendal1998 (help)
- ↑ „Clarence Derwent Awards (1981)“. IMDb. Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
- ↑ „Photoplay Awards (1978)“. IMDb. Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
- ↑ „CableACE Awards (1985)“. IMDb. Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "Geocities October 2009" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "BBC SCD 2010" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "Merchant Ivory Shakespeare" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "JC October 2010" defined in <references>
is not used in prior text.
<ref>
tag with name "The Guardian March 2010" defined in <references>
is not used in prior text.Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Kendal, Felicity. White Cargo. Michael Joseph, 1998. ISBN 0718143116.
Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Felicity Kendal Britaniya kino instituti
- Felicity Kendal IMDbda
- Felicity Kendal haqidagi Britaniya komediyasi qoʻllanma