Kontent qismiga oʻtish

Fergana oyl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„FERGANA OYL“ („Fergana Oil“ – „Fargʻona nefti“) – XIX asr oxirida aka-uka Nobellar tomonidan Rossiyada tashkil etilgan xalqaro neft birlashmasining Fargʻona vodiysidagi mahalliy boʻlimi, kompaniya; 1917-yildagi oktyabr toʻntarishiga qadar Fargʻona vodiysiga Kavkaz va Cheleken (Turkmaniston)dan keltirilgan neftni qayta ishlash, neft qidiruv ishlari va neft qazib olish bilan shugʻullangan. Uning faoliyatida AQSH va Angliya kapitali ham yetakchi rol oʻynagan. „Fargʻona oyi“ kompaniyasi Fargʻona vodiysida Chimyon, Moylisoy, Qizilqiya kabi dastlabki neft konlarini ochgan. Vannovskaya hozirgi (Oltiariq) temir yoʻl styasida neftni qayta ishlash zavodini qurgan. Unga vodiydagi neft konlari, neft mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, shuningdek, neftni qayta ishlovchi korxonalar qaragan. 1918-yilda togʻkon sanoati natsionalizatsiyasi asosida „Fargʻona oyi“ning barcha mulki sovet davlati qoʻliga oʻtgan.