Fernandes Anayya
Fernandes Anayya | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
10-iuyn 1988-yil Ispaniya |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Klubi | C.A.El Prado |
Murabbiy(lar)i | Martín Fiz, Santi Pérez |
Ivan Fernandes Anayya (1988-yil 10-iyunda tugʻilgan) – ispaniyalik yuguruvchi[1].
Mashhurlikka erishish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilning dekabr oyida Ispaniyaning Navarra viloyatida yengil atletika boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Poygada dunyoning yetakchi sport ustalari qatnashardi, ular orasida Londonda oʻtgan Olimpiada o'yinlarining 3000 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha bronza medali sohibi keniyalik Abel Mutai ham bor edi. Mutai bu galgi poygada yetakchi boʻldi, hammadan oʻzib ketdi. Biroq marraga oʻn metrcha qolganda toʻxtab qoldi. Keniyalik atlet marra chizigʻini kesib oʻtdim degan yanglish xulosaga kelgan edi. Ikkinchi boʻlib kelgan ispaniyalik poygachi Fernandes Anayya uni bemalol ortda qoldirib oʻtishi mumkin edi. Biroq u raqibining xatosidan foydalanib qolish oʻrniga yelkasidan turtib, olgʻa yurishga chorladi. Oʻn metr naridagi finishni qoʻli bilan koʻrsatib, tushuntirdi. Ispaniyalik sportchi shundoq qoʻlga kiray deb turgan gʻoliblikdan voz kechdi, keniyalik raqibini marragacha olib keldi, undan keyingina chiziqni bosib oʻtdi[2].
Shaxsiy eng yaxshi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 5000 metrda – 13:36.64 (2013-yil)
- 10.000 metrda – 28:51.41 (2014-yil)
- 10 kilometrda – 29:22 (2020-yil)
- Yarim marafonda – 1:03:04 (2020-yil)
- Marafonda – 2:09:55 (2020-yil)
- 2000 metrda toʻsiqlar oʻtishda – 5:55.50 (2005-yil)
- 3000 metrda toʻsiqlar oʻtishda – 9:05.00 (2006-yil)[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ivan Fenandes“. worldathletics.org. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.
- ↑ „Eng halol yuguruvchi“. aquaschool-kolpino.ru. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.
- ↑ „Shaxsiy natijlari“. worldathletics.org/. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.