Kontent qismiga oʻtish

Feruza Djumaniyazova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Feruza Djumaniyazova
Tavalludi 25.04.1984
Xorazm, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi tarix
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti
Turmush oʻrtogʻi Andrey Kubatin

Feruza Djumanazarovna Djumaniyazova — (1984-yil, 25-aprel, Xorazm, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik turkiyshunos, tarixchi olima. Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) (2018). Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feruza Djumaniyazova 1984-yil 25-aprelda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tavallud topgan. 2003—2007-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakultetida tahsil oladi. 2009-yilda magistraturani imtiyozli tamomladi. 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olib, 2015—2018-yilgacha kichik ilmiy xodim, 2018-yildan katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bormoqda. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoshidagi ilmiy kengashda „Jahon tarixi“ ixtisosligi boʻyicha Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feruza Djumaniyazova Ilk oʻrta asrlarda Tarixiy Shimoliy Hindistonda turkiy sulolar hamda turkiy qabilalar tarixi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganib kelmoqda. Uning ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari keng qamrovli boʻlib, ular Markaziy Osiyoda VI — IX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilk oʻrta asrlar turkiy xalqlar va turkiy davlatchilik tarixi, Tarixiy Shimoliy Hindistonda faoliyat koʻrsatgan turkiy sulolalar tarixi, Afgʻoniston oʻzbeklari tarixi, oʻzbek xalqining oʻgʻuz komponenti masalasi, ilk oʻrta asrlarda gender tarix hamda turkiy xalqlarning milliy oʻyinlari va etnosport tarixi kabi masalalarni oʻz ichiga olgan. Tadqiqotlari natijalaridan Markaziy Osiyo, xususan Oʻzbekiston davlatchiligi tarixini oʻrganish konsepsiyasini yaratishda, shuningdek taʼlim tizimi uchun koʻplab oʻquv-metodologik adabiyotlar va darsliklar yaratishda qoʻllandi. Feruza Djumaniyazova tomonidan jami 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar eʼlon qilingan boʻlib, ulardan 1 tasi xorijiy monografiya, hammualliflikdagi 2 ta kitob va mahalliy 3 ta monografiya hamda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va xorijiy (Rossiya, Turkiya, AQSh, Avstriya, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Afgʻoniston) anjumanlarda maʼruzalar bilan ishtirok etgan. 2013-yilda AQShning nufuzli UCLA universitetida, 2019-yilda „El-yurt umidi“ fonding ilmiy malaka oshirish darsturi granti orqali Turkiyaning Istanbul Madaniyat universitetida malaka oshirgan. Feruza Djumaniyazova xorijiy ilmiy jamiyatlar va xorijiy ilmiy jurnallarning tahririyat aʼzosi hisoblanadi: Genç Akademisyenler Birligi (Turkiya), Dünya Etnospor Konfederasyonu (Turkiya), „Traditional Games and sports in KTMU“ (Kyrgyz-Turkish Manas University/Bishkek), Ege Üniversitesi Türk Dünyası İncelemeleri Dergisi (Turkiya), Çankırı Karatekin Üniversitesi Türkiyat araştırmaları dergisi (Turkiya), Genel Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi (Turkiya)[1].

Feruza Djumaniyazova 2022-yilda „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan[2].

Ilmiy maqolalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Djumaniyazova F. Biruni’s Barhatekin in „India“: The comparative study and analysis of other genealogical legends (the legends about origin of Ashina and Mongols)". International Seminar on Abu-Rayhan Al-Beruni (Abstracts). — Kabul. 2018. — P. 11-13.
  2. Djumaniyazova F. Xitoy manbalariga koʻra ilk oʻrta asrlarda Toxariston va Kobul vodiysida sosoniylar, eftaliylar va turklar raqobati. Oʻzbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. — Toshkent. 2018. — B. 174-179.
  3. Djumaniyazova F. Toʻxoriston yabgʻuligi va Xitoy diplomatik aloqalari. Oʻzbekistonda elchilik xizmati tarixidan lavhalar. — Toshkent: Adabiyot uchqunlari. 2018. — B. 21-31.
  4. Djumaniyazova F. Ilk oʻrta asrlar Toxariston voha hukmdorliklarida turklar boshqaruvi masalasiga doir. Meros. — № 1. — Toshkent, 2018. — B. 43-58.
  5. Djumaniyazova F. İslam öncesi Tarihi Kuzey Hindistanʼdaki türklerin Özbekistan ve Türkiyeʼde araştırılması. I.Milletlerarası Türkiye- Özbekistan münasebetleri sempozyumu. Bildiriler. — Kastamonu, 2018. — S. 430.
  6. Djumaniyazova F. Çinli rahip Hsüan-Tsang seyahatnamesi’ne göre Kabil vadisinde türkler hakkındaki az bilinen belge. XVII Türk tarih kongresi. II.Cilt I.Kısım. Orta Asya va Kafkasya tarihi. — Ankara. 2018. — S. 321-330.
  7. Djumaniyazova F. Ilk oʻrta asrlarda Buxoro, Kashmir va Gandxaradagi Eltegin/Ye-li-te-le/Ve-le-te-le identikligi: yangicha yondashuvlar Bosma XXI asr ilm-fani: muammo va istiqbol // Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2019. — B. 317-322.
  8. Djumaniyazova F. Afgʻoniston oʻzbeklari tarixiga qisqacha nazar: umumiy tavsif. Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. — Toshkent: Fan, 2019.
  9. Джуманиязова Ф. Тюркский фактор на Индийском субконтиненте. Материалы IV Форума гуманитарных наук «Великая степь». – Астана, 2019. – Часть I.
  10. Джуманиязова Ф. Туркий халқларда анъанавий миллий ўйинлар ва “спорт” тушунчаси. VIII.Uluslararası Türk halklarının geleneksel spor oyunları» халқаро илмий симпозиуми. – Каhramanmaraş, 2019.
  1. Бобоёров Ғ. Ёш туркийшунос олима. „Ёш олимлар ахборотномаси“. — 2019.
  2. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida