Fevral inqilobi
Fevral inqilobi (1917) – Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob. Fevral inqilobi harbiy magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi. Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23-fevralda Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar boshlandi, u ish tashlashlar va namoyishlarga, kazaklar va politsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga, 24— 25-fevral da esa yalpi ish tashlashga aylanib ketdi. 26-fevralda qoʻshinlarga qarshi janglar, 27-fevralda yalpi ish tashlash qurolli qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻta boshladi. Qoʻzgʻolonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egalladilar. Nikolay II taxtdan voz kechdi. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. Muvaqqat komitet hukumat tuzdi. 1-mart kuni Moskvada, mart oyi davomida butun mamlakatda yangi hokimiyat oʻrnatildi. Fevral inqilobi Turkiston oʻlkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uygʻotishda, demokratik oʻzgarishlarga boshchilik kilmoqchi boʻlgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning oʻzagi boʻlishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyoti va mustaqilligi toʻgʻrisidagi oʻz gʻoyalarini Fevral inqilobi shiorlari bilan bogʻlab, oʻzlari eʼlon qilgan prinsiplarni amalga oshirishga faol kirishdilar. Toshkentda „Shoʻroi Islom“ 1917-yil 14-mart) tashkiloti tuzilib, Turkiston taraqqiyparvarlarining aksariyati uning atrofida birlashsi. Bundan tashqari, Toshkentda Ishchi deputatlari Soveti (1917-yil 2-mart) ham tuzil gan edi. Turkiston oʻlkasi generalgubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni general Kuropatkin, uning yordamchisi general Yerofeyev, okrug shtabining boshligʻi general Sivere oʻz vazifalaridan chetlashtirilib, 31-martda uy kemogʻiga tashlandi. Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-avgustda Turkiston oʻlkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteta (raisi – kadet N. N. Shchepkin) tuzildi. Shuningdek, Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi (1917-yil 17—21 aprel) da Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Kengashi (Kraymussovet) ham tuzilib, barcha milliy jamiyatlar, tashkilotlar va ittifoqlar birlashtirildi. 1917-yil bahorda Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham siyosiy vaziyat keskinlashdi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi boʻldi va Xivada Idorai mashrutiya (1917-yil 5 aprel) tashkil topdi. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar bu xonliklar hududida demokratik islohotlar uchun kurashdilar.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida], T.. 2000; Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924-yil), T., 2002.
Qahramon Rajabov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |