Kontent qismiga oʻtish

Fider

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fider (ing. feed — taʼminlash) — 1) radiotexnika va texnikada — oʻta yuqori chastota (OʻYUCH)li signallarni uzatish liniyasi, radiotoʻlqinlarni uzatish liniyasi; elektromagnit tebranishlar (toʻlqinlar)ni manbadan isteʼmolchiga yuborish uchun moʻljallangan qurilma. F.lar ochiq va berk turlarga boʻlinadi. "F." terminidan, asosan, radiouzatish va radioqabul qilish texnikasida, simli radioeshittirishda foydalaniladi; 2) elektr energetikada — energiyani taqsimlovchi kabel liniya yoki havoda elektr uzatish liniyasining eskirgan nomi.