Kontent qismiga oʻtish

Fidokor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"FIDOKOR" — ijtimoiysiyosiy gazeta. Muassisi: Oʻzbekiston Fidokorlar milliydemokratik partiyasi (FMDP). 1999-yil 4-fevraldan haftada 2-marta chop etiladi. Gaz.ning asosiy maqsadi FMDPning gʻoya va maqsadlarini, partiya faoliyatini yoritish, saylovlarda ishtiroki, nomzodlar va deputatlar dasturlarini ommaga yetkazish, shuningdek, Oʻzbekistonda kechayotgan siyosiy, ijtimoiy, iktisodiy va maʼnaviy islohotlar jarayonidan keng oʻquvchilar ommasini xabardor kilish hamda dunyoda kechayotgan voqealar, siyosiy va geosiyosiy jarayonlarga xolis nuqtai nazar bilan yondashishdan iborat. Viloyatlarda oʻz muxbirlariga ega. Asosiy ruknlari: "Mohiyat", "Jarayon", "Biz kimmiz?", "Toʻgʻri soʻz", "Maʼnaviyat manzili" va boshqa Gaz. sahifalarida chop etilgan yaxshi maqolalar bir necha bor alohida toʻplam holida nashr qilingan. Bosh muharrir — Jaloliddin Safoyev. Adadi 8000 (2004).