Fidokor koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fidokor koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Uzunligi 2 km
Avvalgi nomlari Vladimir koʻchasi
Chexov koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi binosi
Eronning „Sadoratbank“i

Fidokor koʻchasi – Mirobod tumani hududida. Amir Temur shoxkoʻchasi va Mirobod koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab chor Rossiyasi maʼmuriyati tomonidan Vladimir koʻchasi deb nomlangan. 1924-yil 19-yanvarda rus yozuvchisi Anton Chexov (1860-1904) nomi berilgan. 2015-yil noyabr oyida Fidokor koʻchasi deb oʻzgartirildi.[1]

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻnalishida Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi binosi, Eronning „Sadoratbank“i, „Perfektum“ kompaniyasi, tuman xalq sudi, 1-oilaviy poliklinika, „Tong“ korxonasi, „Toj“ restorani, Iogan Volfgang fon Gyote nomidagi 60-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi, harbiy atele, engil-sanoat kasb-hunar kolleji, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, dorixona, bogʻcha, tashqi reklama vositalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari, koʻp qavatli maʼmuriy va turar joy binolari va boshqalar joylashgan. Yoʻnalishida Taras Shevchenko koʻchasi bilan kesishgan[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „В Ташкенте переименован ряд улиц“. www.uznews.uz.
  2. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.