Kontent qismiga oʻtish

Firoza Begum (qoʻshiqchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Firoza Begum
ফিরোজা বেগম
Tavalludi 28-iyul 1930-yil[1]
Buyuk Britaniya Hindistoni, Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida
Vafoti 9-sentyabr 2014-yil(2014-09-09)
(84 yoshda)
Bangladesh, Dakka
Fuqaroligi Bangladesh fuqarosi
Kasbi Qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1940–2014
Turmush oʻrtogʻi
Kamal Dasgupta
(turm. 1955; vaf. 1974)
Bolalari Tahsin Ahmed, Hamin Ahmed, Shafin Ahmed
Otasi Mohammad Ismail
Onasi Begum Kowkabunnesa
Mukofotlari

Mustaqillik kuni mukofoti (1979) Netaji Subhash Chandra mukofoti Satyajit Rey mukofoti Nosiriddin oltin medali Bangladesh Shilpakala akademiyasi oltin medali Eng yaxshi Nazrul Sangeet xonandasi mukofoti Nazrul Akademiyasi mukofoti Churuliya oltin medali CBS, Yaponiyadan oltin disk Meril-Protom Alo umr boʻyi faxriy mukofoti (2011)

Sheltech mukofoti (2000)

Firoza Begum (bengalcha: ফিরোজা বেগম: 1930-yil 28-iyul - 2014-yil 9-sentyabr) - Bangladeshlik Nazrul Geeti qo'shiqchisi.[2] U 1979-yilda Bangladesh hukumati tomonidan Mustaqillik kuni mukofoti bilan taqdirlangan.

Yoshligi va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Firoza Begum 1930-yil 28-iyulda Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida tugʻilgan.[3] Uning ota-onasi Muhammad Ismoil va Begum Kovkabunnesa edi.[2] U bolaligidan musiqaga qiziqib qolgan.[2] U oʻz faoliyatini 1940-yillarda boshlagan.[4]

Firoza Begum oltinchi sinfda oʻqib yurgan chogʻida birinchi marta Butun Hindiston radiosida qoʻshiq kuylagan. U xalq shoiri Qozi Nazrul Islom bilan 10 yoshida tanishgan. Sonʼgra Firoza Begum uning shogirdi boʻldi. 1942-yilda u HMV plastinafon kompaniyasi tomonidan oʻzining birinchi islomiy qoʻshigʻini 78 rpm disk formatida yozib oldi. Oʻshandan beri 12 ta LP, 4 ta EP, 6 ta CD va 20 dan ortiq audiokassetalar chiqarildi.[5] U 1954-yildan 1967-yilda Dakkaga koʻchib kelguniga qadar Kalkuttada yashadi.[2]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1956-yilda Firoza Begum qoʻshiqchi, bastakor va soʻz muallifi Kamol Dasguptaga (u nikohdan oldin Islomni qabul qilgan va Kamol Uddin Ahmad ismini olgan) turmushga chiqdi. Kamol 1974-yil 20-iyulda vafot etdi. Ularning uchta oʻg'lidan ikkitasi Hamin Ahmad va Shafin Ahmad musiqachi boʻldi. Ular hozirda Miles rok guruhining aʼzolaridir.[2]

Firoza Begum 2014-yil 9-sentyabr kuni Dakkaning Apollo kasalxonasida yurak va buyrak muammosi tufayli vafot etdi.[2]

Mukofotlar va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Mustaqillik kuni mukofoti (1979)
  • Netaji Subhash Chandra mukofoti
  • Satyajit Rey mukofoti
  • Nosiriddin oltin medali
  • Bangladesh Shilpakala akademiyasi oltin medali
  • Eng yaxshi Nazrul Sangeet xonandasi mukofoti
  • Nazrul Akademiyasi mukofoti
  • Churuliya oltin medali
  • CBS, Yaponiyadan oltin disk
  • Meril-Protom Alo umr bo'yi faxriy mukofoti (2011)
  • Sheltech mukofoti (2000)[6][7]
  • Burdvan universitetidan D Lit
  • Mamata Banerjidan Bongo Shomman (2012)

"Feroza Begum xotirasi oltin medali" 2016-yilda Dakka universiteti tomonidan joriy qilingan. Ushbu medal sovrindorlari har yili hakamlar hayʼati tomonidan milliy tan olingan musiqa sanʼatkorlari orasidan tanlanadi.[8]

2018-yil 28-iyul kuni Google Firoza Begimning 88 yilligini Google Doodle bilan nishonladi.[9]

  1. „Feroza Begum Archive“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Legendary Nazrul singer Feroza Begum passes away“. The Daily Star (9-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil.
  3. Hossain, Ashik. „Firoza Begum passes away“. bdnews24.com (9-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil.
  4. Kamol. „Interview“. YouTube. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2012-yil.
  5. Daily Prothom Alo. 10 September 2014, Special Feature, pg. 7
  6. „Runa, Sabina nominated for Sheltech Award“. The Financial Express. Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  7. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  8. „'Feroza Begum Memorial Gold Medal 2018' awarded to Runa Laila“ (en). The Daily Star (31-iyul 2018-yil). Qaraldi: 31-iyul 2018-yil.
  9. „Feroza Begum's 88th Birthday“. Google (28-iyul 2018-yil). Qaraldi: 21-iyul 2020-yil.