Kontent qismiga oʻtish

Fitna (Film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fitna (niderlandcha: Fitna, arabcha: فِتْنَة Niderlandiya, 2008) — golland siyosatchisi Geert Vildersning islomni tanqid qilishga bagʻishlangan qisqa metrajli filmi hisoblanadi.

Film onlayn LiveLeak saytida 2008-yil 27-martda golland va ingliz tillarida joylashtirilgan. Ertasi kuni film barcha LiveLeak serverlaridan portal ishchilariga nisbatan repressiya tahdidi tufayli olib tashlandi. 30-mart kuni film yana LiveLeak-da paydo boʻldi, biroq Uildersning iltimosiga binoan darhol ushbu saytdan olib tashlandi.

Muallif oʻz filmini quyidagicha taʼriflagan[1]:

Fitna Gʻarb uchun oxirgi ogohlantirishdir. Ozodlik uchun kurash endigina boshlandi.

Jamoatchilik munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqarolarning ommaviy noroziligiga javoban Network Solutions milliy domenining maʼmuri filmni tomosha qilish, yuklab olish va muhokama qilish mumkin boʻlgan fitnathemovie.com saytini yopib qoʻydi.

Film Birlashgan Milatlar tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun, Niderlandiya Bosh vaziri Yan Piter Balkenende, Islom Konferensiya Tashkiloti, Sloveniya, BAA, Pokiston, Indoneziya, Bangladesh va Eronning rasmiy vakillari tomonidan tanqid qilindi[2].

Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi, Fitna tekshiruvi tufayli radikal musulmonlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday zoʻravonlikning oldini olishda Fransiya Niderlandiyaga barcha zarur yordamni koʻrsatishi kerakligini rasman eʼlon qildi.

Musulmonlar tomonidan tanqid

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil fevral oyida Pokiston filmning treylerini joylashtirgani uchun bir necha kunga YouTubeʼga kirishni taqiqladi[3]. Google kompaniya esa Pokistonning noroziliklarini qabul qildi va materialni saytdan olib tashladi.

2008-yil aprel oyida Internetda 10 daqiqalik video eʼlon qilindi — „nafratlangan Salibchi Uilders tomonidan suratga olingan Fitna filmiga javob“. Bu filmda nasroniylar va yahudiylar „terrorchilar“ deb eʼlon qilingan, Islomning asosiy dushmanlaridan biri Rim papasi Benedikt XVI deb aytilgan[4]. May oyining oxirida Eronda „Fitnaning narigi tomonida“ filmi namoyish etildi. „Islom va nasroniylik“ nodavlat tashkiloti vakili Muhammad Karimiyning soʻzlariga koʻra, „Barcha yakkaxudolik dinlariga hurmat haqidagi ushbu film Gʻarb ekstremistlarining islomga qarshi targʻibotiga munosabatdir“[5] film koʻplab ilohiyotshunoslar va professional hujjatli film ijodkorlari nazorati ostida suratga olingan hisoblanadi.

Film eʼlon qilinganidan beri baʼzi nomusulmon tashkilotlar, hukumatlar va shaxslar Vildersni qoraladi. Islomning shafqatsizlik va terrorizmga aloqasi yoʻqligi, musulmonlarning oʻzlari ham boshqalar kabi terror qurboni ekani va islom tinchliksevar din ekanligi haqida aytishdi.

Vilders faoliyatini qoralaganlar orasida ushbu filmni tanqid qilgan Niderlandiya Bosh vaziri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi kotibi ham bor edi.

"Filmning oqibatlari va taʼsirlari uchun javobgarlikni birinchi boʻlib janob Vilders oʻz boʻyniga olishi kerak. Men uni hech qanday harakatga chaqirmayman, lekin men u vijdoni bilan shugʻullanishi va mas’uliyat nima ekanligini tushunishi kerak, deb hisoblayman ", dedi Gollandiya Bosh vaziri Balkenende.

Yevroparlament bu filmni qoraladi va Yevroparlament deputati Pottering Vildersga qarata shunday dedi: "Ushbu filmning mazmuni uydirma boʻlib, Gollandiya, Yevropa va dunyodagi musulmonlarning diniy tuygʻulariga tegishni maqsad qilgan. Men Yevropa Parlamenti nomidan ushbu filmning Islom shafqatsiz din ekanligi haqidagi xabarni qabul qilishni qatʼiyan rad etaman va shu bilan Gollandiya hukumatining Fitna filmini qoralagan bayonotini toʻliq tasdiqlayman. Bundan tashqari Yevropa IOttfoqi filmni dushmanlik, islomga nisbatan tajovuzni paydo qilish va uydrma ekanligini takidlab oʻtgan.

  • Vilders, Gert
  • Yevropada islom
  • Multfilm mojarosi 2005-2006

Kino qoʻllab-quvvatlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]