Kontent qismiga oʻtish

Fitotron

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fitotron (fito... va throns — makon, turar joy) — oʻsimliklarni sunʼiy boshqariladigan sharoitlarda oʻstirishga moʻljallangan bino. Oddiy Fitotron vegetatsiya shkafidan, murakkabrogʻi vegetatsiya kamerasidan, mukammali koʻp kamerali (xonali) sunʼiy iklim styasidan iborat. Fitotronda hayot omillarini oʻzgartirish orqali oʻsimliklarda kechadigan jarayonlar yorugʻlik, tuproq va havo namligi, muhit harorati va boshqa omillarga bogʻliq holda yil boʻyi oʻrganiladi. Fitotronda turli iklimiy sharoitlarni qosil qilish, yiliga bir necha marta hosil olish bilan seleksiya va boshqa ilmiy tadqiqot jarayonlarini tezlashtirishga erishish mumkin.

Dastlab fitotron 1949-yilda AQSH (Kaliforniya) da barpo etilgan. Uzbekistonda birinchi fitotron 1987-yilda Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot intida ishga tushirildi. Bu fitotron majmuining umumiy maydoni 22 ga, uning tarkibida maydoni 1500 m2 boʻlgan seleksion issiqxona; har birining maydoni 36 m2 boʻlgan 14 boks seleksiya issiqxonalari, reproduksion issiqxona (maydoni 2 ga); laboratoriyai.ch. korpusi va iklim kamerali zal va boshqa yordamchi inshootlar tarmogʻi bor.

Fitotronni yoritishda katta quvvatli isitish lampalari ishlatiladi. Fitotronning oʻsimliklar oʻsadigan zonasida havo harorati 18°—32° atrofida, havo namligi 60—75% ni tashkil etadi.