Kontent qismiga oʻtish

Fitotsenologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fitotsenologiya (fitotsenoz va ...logiya) — geobotanika va biogeotsenologiya boʻlimi (baʼzan geobotanika sinonimi). Oʻsimlik jamoalari, jamoa hosil qiluvchi oʻsimliklarning oʻzaro va biotsenozlarning boshqa komponentlari bilan aloqasini oʻrganadi. F. fitotsenozlarning tashkil togtishi, almashinib turishi, yer yuzasida tarqalishi va tasnifi bilan ham shugʻullanadi. F.ning paydo boʻlishi 19-asr oxirida oʻsimlik qoplamlari toʻgʻrisidagi tushunchalarning rivojlanishi bilan bogʻliq.

F. bir necha yoʻnalishda rivojlandi. Nemis olimi A. Gumboldt F.ning geografik yoʻnalishini asoslab bergan. Mazkur yoʻnalishning rivojlanishida rus olimi V. V. Dokuchayev, rus geobotaniklari G. N. Visotskiy, A. Ya. Gordyagin, B.A.Kellerning xizmatlari katta. 19-asrga kelib fitotsenozning tuzilishi haqidagi materiallar toʻplandi (avstraliyalik botaniklar Y. Lorens, 1858; A. Kerner, 1863; finlandiyalik botanik R. Xult, 1881 va boshqalar). ZXalqaro botanika kongressidan (1910) keyin elementar taksonomik birlik sifatida assotsiatsiya kabul qilindi, fitotsenozlarni oʻrganish va assotsiatsiyalarga ajratishda har xil yoʻnalishlar shakllandi.

Yerdagi oʻsimliklarga oid ekologik tadqiqotlar G. Valter ishlarida umumlashtirilgan. Fitotsenozlarni oʻrganishning biologik yoʻnalishini shveysariyalik botanik O. P. Dekandol asoslab berdi (1820, 1832). Bu yoʻnalish Ch. Darvinniig "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari nashr etilgach, rivojlana boshladi. Dekandol va Darvin izdoshlari oʻsimlik jamoalarining tarkibi, strukturasi va oʻzgarishi.faqat iklim va tuproq sharoiti bilan emas, balki oʻsimliklar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bilan ham belgilanishini koʻrsatishgan. 19-asrning 70—80-yillarida mazkur yoʻnalish rus olimlari N. F. Levakovskiy va S. I. Korjinskiy, soʻngra (20-asrda) G. F. Morozov va V. N. Sukachev ishlarida rivojlantirildi. Fitotsenozlardagi oʻsimliklar oʻzaro aloqasining oʻrganilishi eksperiment al F.ni yuzaga keltirdi.

F. oʻsimliklarning faqat tabiiy jamoasini emas, inson tomonidan yaratilgan sunʼiy jamoasi (agrotsenozlar)ni ham oʻrganadi.

F. da oʻsimlik jamoalarini marshrut, statsionar, eksperimental va matematik oʻrganishdan, jumladan, matematik modellashtirishdan keng foydalaniladi. F. — oʻsimlik qoplamlarini muhofaza qilish, oqilona foydalanish, ular mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslaridan biri. F.ga oid tadqiqotlar botanika, ekologiya va umumiy biologiyaga oid ilmiy jur.larda yoritiladi.