Kontent qismiga oʻtish

F. Scott Fitzgerald

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Fitsjerald Frensis Skottdan yoʻnaltirildi)
Francis Scott Fitzgerald 1937

Frensis Skott Fitsjerald (inglizcha: Francis Scott Key Fitzgerald) (1896.24.9, Sent-Pol, Minnesota shtati — 1940.21.12, Xeyvort, Gollivud) — amerika yozuvchisi. 1913—17 yillarda Prinston universitetida oʻqigan. "Jannatning bu tomoni boʻylab" (1920) nomli birinchi romanida F. birinchi boʻlib "yoʻqotilgan avlod", 20yillar amerika yoshlari tasviriga eʼtibor qaratadi. "Yoʻqotilgan avlod" F. ijodidagi asosiy mavzulardan boʻlib, uning 20-yillardagi koʻplab hikoyalari va "Goʻzallar va xalokatga mahkumlar" (1922) romanida xam oʻz aksini topgan. Amerika adabiyotidagi mumtoz asarlardan hisoblangan "Buyuk Getsbi" (1925) romanida Amerikaning har qanday amerikalik oʻzining halolligi, gʻayrati, mehnatsevarligi bilan ijtimoiy pillapoyaning eng yuqori bosqichiga erisha oladigan mamlakat ekanligi haqidagi afsonani fosh etadi. "Muloyim tun" (1934) romanida esa isteʼdodli psixiatrvrach, baland kayfiyatli idealist Dik Dayverining astasekin zavol topishi, boylik oldida taslim boʻlishi haqida hikoya qilinadi, romantik orzuxayollar bilan haqiqiy hayot toʻqnashuvidagi chuqur fojia tasvirlanadi. Tugallanmagan ijtimoiy romani "Soʻnggi magnat" (1941-yil nashr etilgan) Gollivud hayoti, undagi kishilarning xulqatvori haqida. F., shuningdek, "Yoʻldan ozdiruvchi ayollar va faylasuflar" (1920), "Jaz asri ertaklari" (1922), "Barcha gʻamgin yigitlar" (1926), "Tongda uygʻotuvchi ovoz" (1935) kabi hikoyalar toʻplamlari, "Halokat" avtobiografik ocherklar toʻplami (1946-yil nashr etilgan), pyesalar, ssenariylar muallifi. Teran psixolog, oʻtkir tanqidchi, nasr ustasi boʻlmish F. vafotidan ancha keyin, 50-yillarning oʻrtalaridan mashhur boʻlib ketadi.