Kontent qismiga oʻtish

Fixte Iogann Gotlib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fixte Iogann Gotlib
Tavalludi 19-may 1762[1][2]
Vafoti 29-yanvar 1814
Fuqaroligi Germaniya

Fixte Iogann Gotlib (1762.19.5, Rammenau 1814.29.1, Berlin) — nemis faylasufi, jamoat arbobi. Yena va Leypsig universitetlarida oʻqigan. Yena (179499), Berlin (1810-yildan) untlarining professor 1798-yilda F. oʻzini asossiz ravishda gʻoyaviy oʻzboshimchalikda ayblanganl i klariga norozilik sifati universitetni tark etdi. 1810-yilda u Berlinda yangi tashkil etilgan Oliy maktabning birinchi rektori etib saylandi. "Nemis millatiga qaratilgan nutqlar"i (1808) da nemis xalqini axloqiy jihatdan uygʻotishga va birlashishga daʼvat etgan. Kantning "narsa oʻzida"sini inkor qilgan. F. oʻz falsafiy taʼlimotini tanqidiylik deb atagan. F. taʼlimoticha, "tanqidiy falsafa"ning ibtidosi tafakkur qiluvchi "Men"dir. Undan sezgi va tafakkurning butun mazmunini aniqlash mumkin. F. "Men"ga hamma narsani yaratuvchi qudratli ijodiy kuch sifatida qaradi. "Men" uchun ikki tomonlama — amaliy va nazariy faoliyat xos. F. fikricha, sof "Men" gʻayrihissiy, abadiy; empirik "Men" esa hissiy, vaqtincha. Oddiy individning empirik "Men"iga sof "Men"ni qaramaqarshi qoʻyadi. Uning fikricha, sof "Men" alohida kishining ongi emas, balki hamma kishilar ongining asosini, mohiyatini tashkil etuvchi sof reallikdir; uning mohiyati faoliyatida, oʻzoʻzini barqaror etishda. F. taʼlimoticha, insoniyat parokandalik va buzuklik davrlaridan oʻtib, dastlabki begunoxlik holatidan aql hukmronligiga koʻchadi. F.ning xizmati shundaki, u insonning aqlli "Men" ini, uning faol bunyodkorlik qobiliyatini yuqori koʻtardi.

Asosiy asarlari:

  • "Umumiy fan taʼlimining asoslari" (1794),
  • "Axloqiylik haqidagi taʼlimot tizimi" (1794),
  • "Tilga qobiliyat va tilning kelib chiqishi toʻgʻrisida" (1795) va boshqa




  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)