Kontent qismiga oʻtish

Qizil gʻozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Flamingolardan yoʻnaltirildi)
Katta flamingo (Phoenicopterus roseus)
Biologik klassifikatsiya
Tip tur
Phoenicopterus ruber
Linnaeus, 1758
Species

Qizil gʻozlar, flamingolarqushlar turkumi. Baʼzan laylaksimonlar turkumi tarkibiga kenja turkum maqomida ham kiritiladi. 6 turi maʼlum. Janubiy Gʻarbiy Yevropa, Afrika, Janubiy Gʻarbiy Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika hamda Shimoliy Amerikaning jan. qismida tarqalgan. Tanasi 91 — 120 sm, qanoti 43—49 sm, ogʻirligi 3–4 kg. Tumshugʻi katta, pastga qayrilgan. Jagʻining chetlarida shoxsimon plastinkachalar joylashgan boʻlib, suv yoki suyuqroq balchiqdan oziq moddalarni suzib olishiga yordam beradi. Oyoq va boʻyni uzun, barmoqlari orasida suzgich parda bor. Pushti, oq, yirik patlari qora. Dengiz va shoʻr koʻl qirgʻoqlariga koloniya boʻlib (baʼzan bir necha mingtasi birga) uya quradi. Oddiy qizil gʻoz Kaspiy dengizining shim.sharqiy qismi va Qozogʻistonning shoʻr koʻllari atrofi (odam borishi qiyin joylar) da yashaydi. Konussimon, balandligi 10—60 sm li uyasini balchiq yoki qumdan yasaydi. 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 30—32 kun bosadi. Qizil gʻozlar urugʻ, suvoʻtlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuska va suv hasharotlari bilan oziqlanadi.[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Qizil gʻozlar" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil