Laylaksimonlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Laylaksimonlar (Ciconiiformes) — qushlar turkumi. 10 oilaga mansub turlari maʼlum. Oʻzbekistonda qargʻaralar, laylaklar, ibislar oilasiga mansub 13 turi uchraydi. Laylakning tumshugʻi, boʻyni va oyoqlari uzun. Ogʻirligi 100 g dan 6 kg gacha. Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzining hamma qismida tarqalgan, lekin koʻpchiligi tropik va subtropik iqlimda yashaydi. Uyasini daraxtlar shoxiga, qamishzorlar orasiga, qoyalar ustiga, binolar tomiga va yerga quradi. 2—8 ta tuxum qoʻyadi. Kichikroq turlari 2,5 haftagacha, yirik turlari 5 haftagacha tuxum bosadi. Suvda va quruklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, hasharotlar va boshqa bilan oziqlanadi. Monogam. Baʼzilari qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi. Laylakning 9 turi Xalqaro Qizil kitobga, bir necha turlari har xil davlatlar Qizil kitoblariga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 4 tur, jumladan, oq laylak va qora laylak kiritilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |