Kontent qismiga oʻtish

Flora Inoyatova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Flora Inoyatova
Tavalludi 16.11.1947
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi tibbiyot
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Flora Ilyasovna Inoyatova — (1947-yil, 16-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Tibbiyot fanlari doktori (?), professor (?), akademik (2017).Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flora Inoyatova 1947-yil 16-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Tibbiyot fanlari doktori, professor, OʻzR FA akademigi (2017). 1970-yil Toshkent davlat tibbiyot institutini shifokor-pediatr mutaxasisligini tugatgan. Olimaning ilmiy izlanishlarida jigarning surunkali virusli patalogiyasi bilan ogʻrigan bolalarni sogʻlomlashtirishda bosqichli tizim yoritib berilgan. Ishlab chiqilgan ishlanmalar va ilmiy natijalar respublika sogʻliqni saqlash tizimida amaliyotda qoʻllanib kelinmoqda. Flora Inoyatova pediatr-gepatologlar maktabining tashkilotchisi. Olimaning rahbarligi va tashabbusi bilan viloyatlarda bolalar gepotologik markazlari tashkil etilgan. Flora Inoyatova 2000-yildan buyon Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi gepatologiya boʻlimi rahbari[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flora Inoyatova 800 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta shifokorlar uchun qoʻllanma, 5 ta monografiya,14 ta EHM uchun dasturlar muallifi, 8 ta ixtiro uchun patent, bolalardagi jigar surunkali kasalliklarining dolzarb muamolarini tadqiq etgan. Uning rahbarligida 4 nafar fan doktori va 11 nafar fan nomzodi oʻz ilmiy izlanishlarini himoya qilgan[2].

Flora Inoyatova Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan eshitish qobiliyati cheklangan bolalalar uchun Birinchi Xalqaro „Volshebnaya simfoniya“ musiqa festivalini tashkillashtirilishini qoʻllab-quvvatlaganligi uchun Rossiya Federatsiyasining minnatdorchilik diplomi (2016), Hindiston sogʻliqni saqlash sohasidagi PGHTNCON Xalqaro mukofoti, „Eshitishi past va kar bolalarning reabilitatsiyasi“ ilmiy ishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika sohasi boʻyicha Birinchi darajadagi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan.

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. Бўлим раҳбари – Флора Ильясовна Иноятова, тиббиёт фанлари доктори, профессор.