Florence Ballard
Florence Ballard | |
---|---|
Tavalludi |
30-iyun 1943-yil |
Vafoti |
22-fevral 1976-yil (32 yoshda) Detroyt, Michigan, AQSh |
Janrlar | R&B,pop, soul, doo-wop |
Kasbi | qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1959—1970 |
Leybllar | ABC |
Guruhlari | The Supremes |
Fuqaroligi | AQSh |
Florence Ballard (talaffuzi: Florens Ballard; 1943-yil 30-iyun — 1976-yil 22-fevral) – amerikalik qoʻshiqchi[1]. Ballard Diana Ross va Mary Wilson bilan birga Supremes guruhining aʼzosi boʻlgan[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ross, Wilson va Ballard bilan birga oʻsmirlik chogʻida Primettes (keyinchalik 1961-yilda Supremes deb oʻzgartirilgan) guruhida qoʻshiq aytishni boshladilar[1][2].
Bir nechta muvaffaqiyatsiz chiqishlardan soʻng, guruh asta-sekinlik bilan shuhrat qozona boshlagan va guruhning singllari avtomatik ravishda chartlarda 1-oʻrinni egallagan. AllMusic musiqiy saytining bergan maʼlumotiga koʻra, guruhning shuhrati juda tez oʻsadi va bu yerda Motown leybli Wilson va Ballarddan koʻra Rossni koʻproq tanitishni maqsadq qiladi, bu esa guruh aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilikni keltirib chiqardi. 1967-yilda esa Ballard guruhni tark etadi, uning oʻrnini Patti LaBelle & the Bluebelles guruhining sobiq aʼzosi Cindy Birdsong egalladi[1].
1968-yilda Ballard oʻzining birinchi yakkaxon singli „It Doesnʼt Matter How I Say It“ni chiqardi, ammo qoʻshiq radioda deyarli qoʻyilmadi. Shuningdek, Ballard ...You Donʼt Have To albomi qoʻshiqlarini yozgan, albom tayyor boʻlganida uni hozirgi ABC Records leybli chiqarmagan. 1968-yil kuzida ABC Records uning yana bir singli „Love Ainʼt Love“ni chiqaradi, ammo qoʻshiqning chartlarda keng qoʻyilishiga imkon berishmagan. Aytishlaricha, leybl rahbariyati Ballardning eri Tomas Chapmenning doimiy talablaridan norozi boʻlgan. Champanga 1968-yilda turmushga chiqqan, eri Motown kompaniyasining sobiq haydovchisi boʻlgan boʻlib, eri orqali Ballard ABC-Paramount Records bilan shartnoma tuzgan. Keyinchalik leybl qoʻshiqchi bilan shartnomani uzaytirmagan. Shundan keyin qoʻshiqchi umrining oxirigacha hech qanday leybl bilan yangi shartnoma imzolamagan[1].
Bir necha yillardan soʻng Ballardning moliyaviy ahvoli ayanchli holatga kelib qolgan. Natijada qoʻshiqchi davlat tomonidan ajartilgan uyga koʻchib oʻtdi va eri Chapmen esa uni va uchta farzandini tashlab ketdi. 1975-yilda sugʻurta toʻlovlarini olgandan soʻng, Ballard qarzlarini toʻlab, yana shou-biznesga kirishga harakat qilgan. Detroytdagi Ford Auditoriumida qoʻshiq aytib chiqishi unga katta yordam berdi. Ballard Chapmen bilan yarashib, yangi uy va televizor sotib oldi. 1976-yil 22-fevralda Ballard yurak xurujidan vafot etgan. Qoʻshiqchi endigina 32 yoshda boʻlgan. AllMusic musiqiy veb-saytining maʼlumotiga koʻra, uning sogʻligʻi koʻpincha giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishi, yillar davomida kamsitishlar, melanxoliya va depressiya tufayli buzilgan.
1988-yilda Ballardning nomi uning vafotidan keyin The Supremes guruhi aʼzosi sifatida Rok-n-Roll shon-sharaf zaliga kiritilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Florence Ballard — Biography“. AllMusic. 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Mary Wilson — Biography“. AllMusic. 2015-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.