Kontent qismiga oʻtish

Florence Dadson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Florence Dadson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Florence Dadson
Tavallud sanasi 23-aprel 1992-yil (1992-04-23) (32 yosh)
Tavallud joyi Cape Coast, Gana[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RMU Eagles
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Academy of Christ the King
2006—2007 Ghatel Ladies Cape Coast
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2010 Ghatel Ladies Cape Coast
2011—2013 RMU Eagles 42 (50[2])
2014 Gulf Coast Texans 7 (7[3])
Milliy terma jamoa
Gana U17[4] 3 (2)
Gana U20 3 (0)
2012 Gana
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Florence Dadson (1992-yil 23-aprelda tugʻilgan) — ganalik ayol futbolchi. U AQShning "Gulf Coast Texans" futbol jamoasida oʻynagan[5][6].

Dadson oʻz faoliyatini „Christ the King“ akademiyasida boshlagan[7] va oʻn uch yoshida „Ghatel Ladies Cape Coast“ akademiyasiga qoʻshilgan[8]. U 2011-yil sentyabr oyida Illinoys shtatidagi Robert Morris universitetiga[9] oʻqishga kirgach, oʻz vatani Ganani tark etib, biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavriat yoʻnalishida — Turizm tadqiqotlari boʻyicha oʻqishni davom ettirdi. U „RMU Eagles“ klubida Gana ayollar futbol terma jamoasi aʼzolari Oliviya Amoako va Linda Eshun bilan birga oʻynagan[10].

U 2014-yilning bahorida Robert Morris universitetini tamomlagandan soʻng, W-League klubi „Gulf Coast Texans“ jamoasiga qoʻshildi[11]. U ziyoli futbolchi hisoblanadi. Futbol bilan esa sevimli mashgʻulotidek shugʻulanadi, garchi professional futbolchi boʻlsa ham.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dadson terma jamoada hujumchi sifatida oʻynadi va oʻz mamlakatini U17 va U20 darajasida himoya qildi[12]. Dadson Gana terma jamoasida 2008-yilgi FIFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati[13] va 2012 FIFA 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan. U Gana ayollar futbol terma jamoasining kengaytirilgan tarkibida ham oʻynaydi[14]. Dadson 2008-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida va 2010-yil 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[15]. 2012-yildan beri Gana ayollar terma jamoasi aʼzosi[16].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dadson 2019-yil 3-yanvarda Gananing Cape Coastda ganalik futbolchi David Accamga turmushga chiqdi[17][18].

Gana ayollar futbol terma jamoasi

  • Afrika ayollar millatlar kubogi, uchinchi oʻrin: 2016-yil[19].
  1. Florence Dadson wins second straight CCAC POW honor!
  2. „DakStats WebSync“.
  3. „Gulf Coast Texans – 2014 Statistics“. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-avgust.
  4. „FIFA.com – FIFA Player Statistics: Florence DADSON“. FIFA.com. 2008-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  5. „Gulf Coast Texans open up postseason play“. Pensacola News Journal (2014-yil 18-iyul).
  6. „Ghana - F. Dadson - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. gh.soccerway.com. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  7. „Mobile Site for Robert Morris University“.[sayt ishlamaydi]
  8. Florence Dadson: I Call Neymar My Husband
  9. Florence Dadson — RMU — Robert Morris University
  10. „Four Robert Morris Womenʼs Soccer Players Named Daktronics-NAIA Scholar-Athletes“. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.
  11. „Dayton Dutch Lions Women's team lose two on the road“.
  12. „Security Check Required“.
  13. „Play Soccer Nonprofit International - People“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.
  14. „ourghana“. 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  15. FIFA Player Statistics: Edem ATOVOR — FIFA.com
  16. Olympic Dream Over For Queens — ModernGhana.com
  17. Adogla-Bessa. „Football marriage: David Accam, Florence Dadson tie the knot [Photos“] (en-US). Citinewsroom - Comprehensive News in Ghana (2019-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  18. Gyamera-Antwi. „Accam weds girlfriend Dadson | Goal.com“. www.goal.com (2019-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  19. „Ghana beat South Africa to third place“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.