Kontent qismiga oʻtish

Flores departamenti

Koordinatalari: 33°32′0″S 56°53′0″W / 33.53333°S 56.88333°W / -33.53333; -56.88333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flores departamenti

Flores
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
33°32′0″S 56°53′0″W / 33.53333°S 56.88333°W / -33.53333; -56.88333
Mamlakat Urugvay
Maydon 5,144 km2 (1,986 kv mi)
Aholisi
25,050
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
Flores departamenti xaritada

Flores (ispancha talaffuzi:[ˈfloɾes]) – Urugvay davlating departamentlaridan biri boʻlib, mamlakat markazidan biroz janubi-gʻarbda joylashgan. Poytaxti – Trinidad shahri. Flores shimol va sharq tomonlarda Durazno departamenti, janubi-sharqda Florida departamenti, janubda San José departamenti va gʻarbda Soriano departamenti bilan oʻzaro chegaralarga ega. Urugvaydagi aholi zichligi eng past boʻlgan departament hisoblanadi[1].

Flores departamenti 1885-yilda prezident Maximo Santos davrida San José departamenti tarkibida tashkil etilgan va oʻn toʻqqizinchi asrda Trinidadda tugʻilgan Kolorado partiyasining sobiq rahbari Venancio Flores sharafiga nomlangan.

Flores departamentida asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Asosan eksport uchun qoramol va jun mahsulotlari yetishtirish maqsadida qoʻylar boqiladi. Koʻplab faol rancholar mavjud boʻlib ularning baʼzilariga sayyohlar ham tashrif buyurishlari mumkin.

Flores departamentining etnik guruhlari[2].
Etnik guruhlari Foiz
Oq tanlilar
  
92.4%
Qora tanlilar
  
3.5%
Hindular
  
3.6%
Osiyoliklar
  
0.4%
Boshqalar
  
3.8%

Urugvayning barcha departamentlari ichida aholi eng siyrak joylashgan joy shu yer boʻlib, aholi zichligi 1 km² ga 5 kishidan ham toʻgʻri kelmaydi[3]. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Flores departamentida 25,050 nafar aholi (12,342 erkak va 12,708 ayol) va 10,589 ta xonadon mavjud. Jami 25,050 nafar aholidan 21,430 nafarga yaqin qismi poytaxt shahar, Trinidadda yashaydi[3][4].

Flores departamentining 2010-yilgi maʼlumotlar aosidagi demografik koʻrsatkichlari[5]:

  • Aholining oʻsish sur’ati: 0,151%
  • Tugʻilish darajasi: 14.73 tugʻilish/1000 kishi
  • Oʻlim darajasi: 9.25 oʻlim / 1000 kishi
  • Oʻrtacha yoshi: 34.3 (33.2 erkak, 35.5 ayol)
  • Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
    • Umumiy aholi uchun: 78.66 yosh
    • Erkaklar uchun: 74.82 yosh
    • Ayollar uchun: 82.20 yosh
  • Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 26,324 peso
  • Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 11,025 peso

Aholi punktlari aholisi:

Shahar / Qishloq Aholi soni
Trinidad 21,429
Ismael Cortinas 918
Andresito 261
La Casilla 181
Juan José Castro 97
Cerro Colorado 96

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Doktor Armando Castaingdebat, Flores departamentining rahbari.
  • Danilo Pallares Echeverría, mahalliy yozuvchi va musiqachi, Flores departamenti madhiyasi muallifi.
  • Faustino Harrison, 1962-1963-yillarda Urugvay prezidenti boʻlgan.
  • Benito Medero, 1970-yillarda vazir boʻlgan.
  • Chory Castro, futbolchi.
  1. „Censos 2011 (needs flash plugin)“. INE (2012). 2012-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-sentyabr.
  2. „Población por sexo y ascendencia étnico racial, según departamento.“ (es). National Institute of Statistics. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 „Censos 2011 Flores (needs flash plugin)“. INE (2012). 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  4. „Censos 2011 Cuadros Flores“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  5. „Uruguay en cifras“ (es). INE (2011). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.