Kontent qismiga oʻtish

Fluktuatsiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fluktuatsiyalar (lot. fl uctuatio tebranish) — fizik kattaliklarning oʻz oʻrtacha qiymatlaridan tasodifiy ogʻishi. Tasodifiy omillarga bogʻliq boʻlgan har qanday kattaliklarda fluktuatsiyalar sodir boʻladi. Statistik fizikada fluktuatsiyalar tizim zarralarining issiklik harakati tufayli vujudga keladi. Broun harakati mayda zarralarga muhit molekulalari koʻrsatayotgan bosimning fluktuatsiyalari natijasida sodir boʻladi. Fluktuatsiyalar fizik oʻlchashlar anikligini chegaralab qoʻyadi, radiopriyomniklarda shovqin hosil qiladi. Shuning uchun statistik fizika, radiotexnika va hokazolarda fluktuatsiyalar hisobga olinadi. Fluktuatsiyalar har qanday tasodifiy jarayonlarga tegishli. Elektr kattaliklarning fluktuatsiyalarini oʻlchash nisbatan oson hususan,kuch qanday tok manbaiga oʻlchanmagan oʻtkazgichda kattaligi va yoʻnalishi tartibsiz oʻzgaruvchi fluktuatsion toj vujudga keladi.Fluktuatsion elektr yurituvchi kuchni hisoblash va oʻlchash mumkin. Birorta fizik kattaliklarning uncha tartibli boʻlmagan tartibsiz oʻzgarishlari ham fluktuatsiyaga misol boʻla oladi. Fluktuatsiya har qanday tasodifiy jarayonlarga tegishli.Temperatura va gaz bosimining fluktuatsiyalarini oʻlchash qiyin.