Kontent qismiga oʻtish

Fokstrot

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fokstrot (ing. fox — tulki va trot — yoʻrtish, tez yurish) — salon raqsi. 20-asr boshida AQShda jaz raqslari asosida paydo boʻlib, Birinchi jahon urushidan soʻng ommaviylashgan Yevropa raqsi. Oʻzbekistonda 1930—40-yillardan kinoteatr, bogʻpark konsert hamda raqs maydonchalari va boshqalarda faoliyat koʻrsatgan harbiy, estrada orkestr va ansambllari repertuaridan kengoʻrin olgan. Fokstrot kuylari 4/4 oʻlchovida, marshsimon, bir oz sinkopalashgan ritmi bilan ajralib turadi ("tulki qadamlari"). 2 turi mavjud — shoshmasdan ijro etiladigan "slow" Fokstrot va tez surʼatli "quickstep". Fokstrot ritm va ohanglaridan kompozitorlar ham keng foydalanishgan (J.Puchchini, F.Pulenk, I.Stravinskiy, D.Miyo, D. Shostakovich, Oʻzbekistonda V.Saparov va boshqalar).