Kontent qismiga oʻtish

Ford Otosan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ford Otosan Aktsiyadorlik Jamiyati
Turi Aktsiyadorlik Jamiyati
Tarmogʻi Avtomobil sanoati
Egasi Koç Holding va Ford of Europe
Qachon asos solingan 1959-yil 7-iyul
Rahbariyat Haydar Yenigun (Boshqaruvchi)
Mahsulot(lar)i Yo'lovchi avtomobili, yengil tijorat avtomobili
Aylanma daromadi 5,9 mlrd. AQSH dollari (2019)
Ishchilar soni 10.746 (2019)
Vebsayti http://www.fordotosan.com.tr/

Ford Otosan - Turkiyada joylashgan Ford Motor Company va Koch Holdingga tegishli boʻlgan avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya. U hozirgi shaklda 1977-yilda tashkil etilgan boʻlib, ilk ish faoliyatining boshlanishi 1928-yillarga toʻg'ri keladi.[1] Hozirda bu kompaniyaning butun mamlakat boʻylab beshta ishlab chiqarish quvvatlari mavjud[2] va bosh ofisi Gölcük shahrida, ikkinchi bosh ofisi-Inönü shahrida joylashgan.[3]

Hamkorlik 1928-yilda, Vehbi Kochning Anqara shahrida Ford avtomashinalari sotuvchisi etib tayinlangandan boshlandi.[4] Bir yil soʻngra, Turkiya milliy assambleyasi Ford kompaniyasiga Istanbulning port hududida joylashgan erkin iqtisodiy hududda avtomashinalari mahalliy yigʻish korxonasini qurishga ruhsat berdi. 1934-yil, ushbu faoliyat toʻxtatilgan paytgacha, cheklangan miqdordagi transport vositalari Istanbulda yigʻilgan edi.[5]

1959-yilda Istanbulda Otosan zavodining qurilishi boshlandi va 1960-yilda Ford Consul avtomobili zavodda birinchi boʻlib ishlab chiqarildi, undan keyin Thames vaThames Trader yuk mashinalari ishlab chiqariladi.[6] 1965-yilda D1210 yuk mashinasi ishlab chiqarila boshladi va 1966-yilda Turklar tomonidan ishlab chiqilgan, birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan Anadol avtomashinasi yaratiladi. 1967-yilda Ford Transit ham ishlab chiqarila boshladi va 1973-yilda Turkiyada birinchi, Anadol STC-16 nomli sport avtomobili ishlab chiqariladi.

1977-yilda kompaniya Ford bilan litsenziya shartnomasini imzoladi va kompaniya nomi Ford Otosan deb oʻzgartiriladi. 1979-yilda, Eskishehirning Inönü shahrida qurilajak yangi zavodning poydevori qoʻyiladi. Ushbu zavodda 1983-yilda Ford Cargo ishlab chiqarilishi boshlanadi.[1] Shuningdek, oʻsha yili Ford, kompaniyadagi mulk ulushini 30 foizgacha oshiradi.[6] 1985-yilda Ford Taunus Istanbul zavodida ishlab chiqarilishi boshlaandi va 1986-yilda Inönü dvigatel zavodining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

1992-yilda yangi Ford Transit ishlab chiqarila boshlandi va 1993-yilda Ford Escort ishlab chiqarish liniyalarida Ford Taunus avtomobilining oʻrnini egalladi.[6] 1997-yilda Ford kompaniyadagi ulushini 41 foizgacha oshirdi va qoʻshma korxonada Koch xolding bilan teng huquqli sherik boʻldi. 1998-yilda Kocaeli shtatidagi Göljük shahrida 2001-yilda ishga tushirilgan yangi zavod uchun poydevor qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. U asosan tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishga qaratilgan va Ford Transit va Ford Transit Connect avtomobillarini ishlab chiqaradi, ikkala model ham dunyo boʻylab sotiladi. 2003-yilda kompaniya Ford Cargo ogʻir yuk mashinasining yangi avlodini ishlab chiqara boshladi.[7]

2012-yil sentabr oyida Ford Tranzitning yangilangan versiyasini taqdim qiladi,[8] va 2013-yil yanvarda yangi Cargo yuk mashinalari taqdim etiladi.[9] Cargo yuk mashinasi Ford Otosan tomonidan Ford Brazil bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan[10] va ikkala mamlakatda ham ishlab chiqariladi.

2018-yil sentabr oyida Germaniyaning Gannover shahrida boʻlib oʻtgan IAA tijorat transport koʻrgazmasida Ford 4-darajali avtonom haydash qobiliyatiga ega boʻlgan F-Vision deb nomlangan elektr traktor tirkamali vosita konsepsiyasini taqdim etdi.[11]

Ishlab chiqarish quvvatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniyaning butun mamlakat boʻylab beshta ishlab chiqarish quvvatlariga ega. Goljukda joylashgan Kocaeli zavodi 2001-yilda ochilgan va Transit va Transit Connect uchun asosiy global ishlab chiqarish markaziga aylangan.[12] Yillik ishlab chiqarish quvvati 320 ming avtomobilni tashkil etadi va oʻz portiga ega.[1]

Eskishehirda joylashgan İnönü Zavodi 1982-yilda ish boshlagan,[6] va Cargo ogʻir yuk mashinalari, shuningdek dvigatellar va elektr motorlarini ishlab chiqarish markazi boʻladi. Uning yillik quvvati 10000 doa yuk mashinasi, 66000 dona dvigatel va 45000 dona uzatmalar qutisi.[12]

Istanbulning Sancaktepe tumanida joylashgan Kartal qismlari tarqatish markazi, 1998-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda[7] va u kompaniyaning marketing, savdo, savdodan keyingi xizmat va ehtiyot qismlari savdosi markazi hisoblanadi.[12]

Istambulning Sancaktepe tumanida joylashgan Sancaktepe muhandislik markazi 2014-yilda tashkil etilgan va eng yangi mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun javobgardir. Unda 1000 dan ortiq mahsulotni ishlab chiqarish boʻyicha muhandislar ishlaydi.[7]

Yeniköy zavodi 2014-yil ikkinchi choragida Transit / Tourneo Courier ishlab chiqarishni boshladi. U Kocaeli zavodida joylashgan, ammo boshqa ishlab chiqarish zavodi sifatida, yiliga 110 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.[13]

Ishlab chiqariladigan modellar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi modellar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ford Transit (1965-yildan hozirgi kungacha)
  • Ford Cargo (1983-yildan hozirgi kungacha)
  • Ford Transit Custom (2012-yildan hozirgi kungacha)
  • Ford Tranzit kuryeri (2014-yildan hozirga qadar)
  • Ford F-MAX og'ir yuk mashinasi (2018-yil hozirgacha)[14][15]

Tarixiy modellar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ford Consul Mk II
Ford Transit Courier
  • Ford Ecotorq dvigateli
  • Turkiya kompaniyalarining ro'yxati
  1. 1,0 1,1 1,2 „2009 Annual Report“. Ford Otosan (23-iyul 2010-yil). 15-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Facilities“. Ford Otosan. 10-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2013-yil.
  3. „Ford Otosan“. Otomotiv Sanayii Derneği. 28-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2013-yil. (Wayback Machine saytida 2013-05-28 sanasida arxivlangan)
  4. „Ford dünyasının en kalitelisi oldu yeni projeleri almakta zorlanmadı“. Milliyet (22-aprel 2012-yil).
  5. Odin, L.C. World in Motion 1939-The whole of the yearʼs automobile production. Belvedere Publishing, 2015. ASIN: B00ZLN91ZG.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Tarihçe“. Ford Otosan. Qaraldi: 16-iyul 2013-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Investor Presentation March 2012“. Ford Otosan (26-mart 2012-yil). 5-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Ford Reveals All-New Global Transit and Transit Connect Commercial Vehicles at ʻGo Furtherʻ Event“. Ford Motor Company (6-sentabr 2012-yil). 23-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2012-11-23 sanasida arxivlangan)
  9. „Fordʻs Turkish designed heavy truck unveiled“. Invest in Turkey (28-yanvar 2013-yil). 2018-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  10. „Ford to launch Turkish-developed new heavy truck“. Invest in Turkey (6-avgust 2012-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  11. Williams. „Ford Turkey Shows Off F-Vision Concept Electric Semi“. AutoTrader.ca (2018-yil 28-sentyabr).
  12. 12,0 12,1 12,2 „2010 Annual Report“. Ford Otosan (27-iyul 2011-yil).
  13. „Annual Report 2014“. Ford Otosan (7-may 2015-yil). 2-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  14. https://www.freightwaves.com/news/technology/ford-trucks-fmax-iaa-2018
  15. https://www.truckinginfo.com/313838/ford-launches-f-max-tractor-for-global-markets