Kontent qismiga oʻtish

Ford model K

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ford Model K
Tashqi koʻrinishi
Ishlab chiqaruvchisi Ford
Ishlab chiqarish 1906–1908
Dizayneri Henry Ford
Korpus va shassi
Avtomobil tasnifi Upscale
Avtomobil korpusi tuzilishi 2 qatorli sayohat mashinasi
Bogʻliqligi Ford Model N
Quvvat oʻtkazgich
Dvigateli 405CID quyma temir blok 40 ot kuchi[1][2]
Harakat uzatish mexanikasi 2-tezlik[2]
Oʻlchamlari
Gʻildiraklari 114 in (290 cm)
Curb 2,400 lb (1,089 kg)
Xronologiyasi
Avvalgi modellari Ford Model B
Hozirgi modellari Ford Model T

Ford Model K — bu Ford tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori darajadagi avtomobil. U 1906-yilda taqdim etilgan va avvalgi Model B oʻrnini egallagan. U Ford Piquette Avenue zavodida yigʻilgan. K modeli bozorning eng yuqori pogʻonasini egallagan edi va 40 ta ot kuchi ega inline-6 (1941-yilgacha boʻlgan yagona Ford oltita mashinasidan biri) bilan jihozlangan. Gʻildirak kattaligi 114 in (2,896 mm) boʻlgan va sayohat yoki rodster modeli sifatida ham buyurtma berish imkoni mavjud boʻlgan.

Ommabop mashinalardan farqli oʻlaroq, Model K Ford Motor kompaniyasi uchun yaxshi model edi. 1906-yilda yaʼni, u taqdim etilgan birinchi yilda, K modeli Ford Motor kompaniyasining yangi avtomobillari umumiy foydasining 85 foizdan ortigʻini ishlab chiqargan (1906-yilda Ford Motor kompaniyasining ichki audit yozuvlari).

907-yil Ford modeli K 6-40 Roadster

1907-yilda K modelining ikkinchi sotuv yilida davomida deyarli 500 ta namuna sotildi. Bu esa mazkur mashinani dunyodagi eng koʻp sotilgan olti silindrli modelga aylantirdi.

Oʻsha davr jurnallari xabar qilinganidek, Ford Motor Kompaniyasi boshqa yoʻnalishda faoliyat yuritib, oʻsha davrdagi koʻpchilik avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniladigan koʻp tarmoqli biznes modelini ishlab chiqarmay, bitta shassi, oʻrtacha narxdagi avtomobil Model T ishlab chiqarishga oʻtdi. Biroq, Model K dan olingan sotuvlar va daromadlar Ford Motor kompaniyasiga 1907-yilda sotuvlar soni boʻyicha eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlishga yordam bergan.

  1. Kimes, Beverly. Standard Catalog of American Cars 1805-1942. Krause Publications, 1996. ISBN 0-87341-428-4. 
  2. 2,0 2,1 „1906 Ford Advance Brochure“. The Old Car Manual Project. Qaraldi: 2015-yil 31-mart.