Formula Toyota
Formula Toyota 1991 va 2007 yillar oraligʻida Yaponiyada oʻtkazilgan poyga musobaqasi edi. Kazuki Nakajima va Toranosuke Takagi kabi koʻplab yaponiyalik Formula 1 haydovchilari Formula Toyota poygasida debyut qilishdi. Ushbu musobaqa 2007-yilgi mavsumdan soʻng Formula Challenge Yaponiya nomi bilan qayta tashkil qilindi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Formula Toyota oʻzining ilk poygasini 1990-yilda oʻtkazdi, bu poygada Masami Kageyama gʻolib chiqdi. Toyota oʻzining birinchi Formula 3 dvigatelini 1991-yilda ishga tushirdi. 1991-yilda Formula-3 boʻyicha Yaponiya chempionati goʻlibi poygachilar va maxsus unvonni qoʻlga kiritdi[1]. Toyota oʻzining Formula 3 dvigateli bilan birgalikda oʻzining Formula Toyota poyga musobaqasini yaratgan. Birinchi avlod avtomobili Argo — Tom’s FT10 alyuminiy monokokdan foydalanadi. Avtomobil 140 ot kuchiga ega Toyota 4A-GE dvigateli bilan jihozlangan. FT10 1994-yilgacha ishlatilgan va u Tom tomonidan ishlab chiqilgan FT20 bilan almashtirilgan. Ushbu avtomobil oldingi 4 valfli dvigatel oʻrnini bosuvchi 5 valfli dvigatel bilan jihozlangan. 1995-yilda Formula Toyota poyga maktabi tashkil etildi va har bir sinfdan eng yaxshi haydovchi Formula Toyota chempionatida toʻliq moliyalashtirilgan yoʻllanma qoʻlga kiritdi. 1991 va 1999 yillar oraligʻida ikkita Formula Toyota chempionati boʻlib oʻtdi: Asosiy va Gʻarbiy. Biroq, mavsum qisqargach, Toyota 2000-yilgi mavsum uchun ikkita musobaqani bir klassga birlashtirdi. Chempionatning soʻnggi poygasi 2007-yil 25-noyabrda Fuji International Speedwayda boʻlib oʻtdi. Musobaqada italiyalik-yaponiyalik haydovchi Key Kotszolino gʻolib chiqdi. Team Le Beauset Formula Toyotada eng muvaffaqiyatli jamoa boʻldi, ularning haydovchilari olti marta chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Seriya Formula Challenge Yaponiya yaratilganidan keyin tashkil etilgan. Nissan, Honda va Toyota kuchlarini birlashtirib, 2006-yilda ushbu poyga klassini yaratdilar. Formula Challenge 2013-yilgi mavsumdan keyin Yaponiya Formula 4 bilan almashtirildi.
Chempionlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Gʻolib | Avtomashina | |
---|---|---|---|
1990 | Masami Kageyama[2] | Argo-Tom's FT10 | |
Asosiy | Gʻarbiy | ||
1991 | Eiichi Tajima | Hidehiro Mochizuki | Argo-Tom's FT10 |
1992 | Tomoyuki Hosono | Masayuki Yamamoto | Argo-Tom's FT10 |
1993 | Mitsuhiro Kinoshita | Eiji Sengoku | Argo-Tom's FT10 |
1994 | Shigeaki Hattori | Jiro Nakatani | Argo-Tom's FT10 |
1995 | Takahiro Fujita | Yuji Tachikawa | Tom's FT20 |
1996 | Yasuhisa Fujiwara | Shinya Kurushima | Tom's FT20 |
1997 | Rubén Derfler | Shinichi Takagi | Tom's FT20 |
1998 | Masahiro Tsukiji | Tomoyuki Inoue | Tom's FT20 |
1999 | Kaichi Sato | Satoshi Inoue | Tom's FT20 |
Gʻoliblar | |||
2000 | Satoshi Goto[3] | Tom's FT20 | |
2001 | Naoki Yokomizo[4] | Tom's FT20 | |
2002 | Wataru Kobayakawa[5] | FT30 | |
2003 | Kazuki Nakajima[6] | FT30 | |
2004 | Hideto Yasuoka[7] | FT30 | |
2005 | Kazuya Oshima[8] | FT30 | |
2006 | Yuhi Sekiguchi[9] | FT30 | |
2007 | Kei Cozzolino[10] | FT30 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „History of Toyota's Motor Sports Activities“. Toyota Motor Corporation. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Formula Toyota“. Japan Racing History. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „チャンプ後藤聡との激しい攻防戦を制し、 ジェフ・ライトが2勝目を挙げて、シリーズ閉幕“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „予選での苦悩を吹き飛ばした横溝直輝 ポールシッター片岡龍也の連勝阻止して、有終の美を飾る!“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „平手晃平が4勝目を挙げて、今季最後の戦いを締めくくる! チャンプ小早川は無念のリタイア。有終の美を飾れず“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „後半戦のヒーロー、池田大祐が3連勝、年間最多4勝目を飾る! 小林可夢偉は無念のリタイア、3位でゴールの中嶋一貴が王座に“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „後半戦伸び調子の嵯峨宏紀が、30戦目の卒業レースで初優勝! ポール石浦、チャンプ安岡は、それぞれ無念の結果に……“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „苦しいレース展開を耐え抜いた、大嶋和也がタイトルを獲得! 阿部翼がラスト3連勝、坂本雄也と1-2フィニッシュを果たす“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „新チャンピオン関口雄飛、卒業レースで有終の美を飾る 得意のウェットコンディション、6勝目は圧勝で!“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ „三つ巴のタイトル争いは、まさかまさかの結末に 3連勝飾って、ケイ・コッツォリーノが王者に輝く!“. Toyota Motor Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.