Kontent qismiga oʻtish

Fos

Koordinatalari: 34°2′36″N 5°0′12″W / 34.04333°N 5.00333°W / 34.04333; -5.00333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fos (shahar)dan yoʻnaltirildi)
Fos
34°2′36″N 5°0′12″W / 34.04333°N 5.00333°W / 34.04333; -5.00333
[[File:|290px|Fos xaritada]]

Fos (arabcha: فاس Fās) — Marokashning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Fos viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 772 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Savdotransport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik, oziqovqat, yogʻochsozlik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Stanoksozlik zavodi bor. Hunarmandchilikda mato toʻqiladi, sopol idishlar va teridan turli buyumlar tayyorlanadi. Mamlakatning madaniytarixiy markazi. Magʻribning diniy markazlaridan biri. Mashhur Qaraviylar musulmon universiteti (859.), Marokash sanʼati muzeyi bor. Shaharga ilk bor 8-asrda asos solingan boʻlib, 3 qismdan iborat: Fos alBali (eski Fos, 789 yilda Idrosi I asos solgan), Fos alJadid (yangi Fos, 1276-yilda kurila boshlagan) va 1916-yildan keyin qurilgan zamonaviy shahar.

Shahar 9— 10-asrlarda Idrisiylar davlati markazi boʻlgan. 13—15-asrlarda Mariniylar davlati, 14-asrdan Magʻribning siyosiy markazi. 1911-yilda Fosni fransuzlar bosib olgan. 1956-yildan Marokash mustaqillikka erishgach, Fos tez rivojlana boshladi.